Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 10 mart, duşanba kuni Saudiya Arabistoniga yetib keldi, deya uning maslahatçisi Dmitriy Litvin jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Ukrinform» agentligi. Ukraina va AQŞ örtasidagi muzokaralar Saudiya Arabistonining Qizil dengiz sohilidagi Jidda şahrida bölib ötadi. Zelenskiyning ularda iştirok etişi kutilmayapti.
Zelenskiyning özi avvalroq ta’kidlaganidek, Saudiya Arabistonida AQŞ vakillari bilan böladigan uçraşuvda prezident devonxonasi rahbari Andrey Yermak, uning örinbosari Pavlo Palisa, taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga va Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov taqdim etadi.
CNN ma’lumotlariga köra, AQŞ prezidentining yuqori martabali mulozimlari şu hafta Saudiya Arabistonida Ukraina va Rossiya rasmiylari bilan alohida uçraşadi. Şu bilan birga, 10 mart kuni Rossiya Taşqi işlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Rossiya vakillarining şu haftadagi bunday uçraşuvlarda iştirok etişi haqidagi ma’lumotni rad etdi.
Ukraina havoda va dengizda öt oçişni töxtatişni taklif qiladi
11 mart kuni Saudiya Arabistonida AQŞ rasmiylari bilan muzokaralar çoğida Kiyev Rossiyaga havo va dengizda öt oçişni töxtatişni taklif qiladi, dedi 10 mart kuni nomi oşkor etilmagan Ukraina rasmiysi AFP'ga. «Bizda osmonda va dengizda öt oçişni töxtatiş böyiça taklifimiz bor, çunki bular amalga oşiriş va kuzatiş oson bölgan variantlar», dedi u.
Şu bilan birga, rasmiy AQŞ Kiyev bilan razvedka ma’lumotlari almaşinuvini töxtatişda davom etsa, Rossiya jang maydonida «katta ustunlikni» qölga kiritişi mumkinligidan xavotir bildirdi. «Asosiysi — bu muddat. Agar pauza uzoqqa çözilsa, bu ruslarga sezilarli ustunlik beradi», deb tuşuntirdi u. Bir kun avval AQŞ prezidenti Donald Tramp Kiyev bilan razvedka ma’lumotlarini almaşişni «har qanday daqiqada» qayta boşlaşga tayyorligini aytdi.









