Jiddadagi muzokaralar, Pokistonda garovga olingan poyezd va Trampdan Kanadaga yangi tahdidlar - kun dayjesti
|18:55 / 12.03.20255 7259 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Isroil Suriyaga aviahujum uyuştirdi
Isroil harbiy-havo kuçlari Suriyaning Dar’a viloyatidagi harbiy pozitsiyalarga havo zarbalari berdi. Hujum 12-brigada joylaşgan Izra şahri va 89-polkning artilleriya batalyoni joylaşgan Jabab mahallasida amalga oşirilgan.
Isroil telekanali Channel 14 havo zarbalarini tasdiqlab, hujumda qurol-aslaha omborlari, radiolokatsiya tizimlari, tanklar va artilleriya nişonga olinganini ma’lum qildi.
Suriyada Başar Asad rejimi qulaganidan söng, Isroil Jölan tepaliklaridagi bufer hududni egallab, 1974 yilgi kelişuvni buzgan. Oxirgi oylarda Isroil aviatsiyasi Suriyadagi harbiy obektlarga bir neça yuzlab zarbalar bergan.
Kuni keça mamlakat şimoliy şarqida kurdlar bilan kelişuv imzolagan Suriyaning yangi hukumati druzlar istiqomat qiladigan as-Suvayda viloyatida mahalliy yetakçilar va aholi bilan mintaqani davlat institutlariga qöşiş borasida kelişuvga erişgan.
Hujjatga köra, Suvaydaning kuçişlatar tizimi Suriya içki işlar vazirligi tuzilmasiga integratsiya qilinadi.
Kelişuv imzolangaç, Suriya druzlari viloyat ma’muriyati binosi ustida Suriyaning yangi bayroğini kötarib, mamlakat birligini qöllab-quvvatlaşdi.
Pokistonda jangarilar 450 yölovçini garovga oldi
Pokistonning Balujiston viloyatida «Balujiston ozodlik armiyasi» jangarilari yölovçi poyezdini öqqa tutib, uni töxtatib qoldi.
Hujum natijasida poyezd maşinisti yaralangan, 450 dan ortiq yölovçi esa garovga olingan.
Ma’lumotlarga köra, jangarilar temiryölni portlatib, poyezdni Sibi tumanida töxtatib, nazoratga olgan. Otişma sodir bölgan joyda politsiya kuçlari töplangan, yaqin atrofdagi şifoxonalarda favqulodda holat e’lon qilingan.
«Balujiston ozodlik armiyasi» 1970-yillarda taşkil topgan va Pokiston, AQŞ, Buyuk Britaniya, Yevroittifoq hamda Xitoyda terrorçi guruh sifatida tan olingan. Jangari guruh tomonidan mintaqada bunday hujumlar avval ham bir neça bor marta amalga oşirilgan.
Mavzuga oid
Jiddada AQŞ va Ukraina muzokaralari ötkazildi
AQŞ va Ukraina delegatsiyalari Donald Tramp va Volodimir Zelenskiy örtasidagi dahanakai jangdan söng ilk bor muzokara ötkazdi. Ukraina unda AQŞning tinçlik örnatilişiga doir taklifini qabul qilişga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
Zelenskiy AQŞ bilan munosabatlarni tiklaşni va havo hamda dengizda vaqtinçalik otişkesimni taklif qilib, Rossiyaning tinçlikka tayyorligini sinovdan ötkazişni istamoqda. Vaşington esa Kiyevga bosim ötkazib, harbiy va razvedka yordamini tiklaş uçun ma’lum bir yon berişlar talab qilgan.
AQŞ va Ukraina delegatsiyalarining muzokaralarida quyidagi asosiy natijalarga erişilgan:
AQŞ razvedka ma’lumotlari almaşişdagi tanaffusni zudlik bilan bekor qiladi va Ukrainaning xavfsizligi böyiça yordamni qayta tiklaydi.
Tomonlar Ukrainadagi nodir mineral resurslarni özlaştiriş böyiça keng qamrovli bitimni imkon qadar tezroq tuzişga kelişib oldi.
Ikkala delegatsiya barqaror tinçlikka erişiş maqsadida muzokaralarni zudlik bilan boşlaşga kelişdi.
Ukraina, AQŞning zudlik bilan vaqtinçalik öt oçişni töxtatiş tartibini 30 kun muddatga joriy etiş taklifini qabul qilişga tayyor ekanini bildirdi. Uşbu muddat ikki tomonning roziligi bilan uzaytirilişi mumkin. AQŞ Rossiyaga tinçlikka erişişda uning tomonidan özaro harakatlar hal qiluvçi omil ekanini yetkazib qöyişni rejalaştirmoqda.
«Ukrainada tinçlik masalasi böyiça töp endi Rossiya tomonida. Yaqin vaqt içida biz ular bilan bu haqda gaplaşamiz», — dedi AQŞ davlat kotibi Rubio. Bu orada Tramp Zelenskiyni yana Oq uyga taklif qilişini bildirdi.
Endi AQŞ tomoni bugun Jiddada Rossiya vakillari bilan muzokara ötkazişadi.
Qayd etib ötiş kerakki, Yevropa Ittifoqi va Xitoy Saudiya Arabistonida bölib ötgan muzokaralarda örtaga taşlangan Ukrainada tinçlik örnatiş taklifini qöllab-quvvatlagan.
Ukraina sulh uçun uç şart qöydi
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak tinçlik uçun Yevropa va AQŞdan uç muhim şart talab qildi. Uning ta’kidlaşiça, bu şartlar bajarilsagina Ukrainada uzoq muddatli tinçlikka erişiş mumkin.
Birinçi navbatda, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berilişi lozim. Bu kelişuvga işonçni ta’minlaydi. Ikkinçidan, Yevropa Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuçaytirişi va kengaytirişi kerak. Uçinçidan, Yevropa Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini nazoratga olib, Ukrainani moliyaviy qöllab-quvvatlaşi zarur.
Yermakning ta’kidlaşiça, Yevropa Ittifoqi Moskva agressiyasini jiddiy qabul qilişi kerak va Bryusselda ötgan muzokaralar bu masalada katta natija berişi mumkin.
Ilon Mask kiberhujumda Ukrainani aybladi
Ilon Maskning aytişiça, X ijtimoiy tarmoğiga qilingan sönggi kiberatakaning IP-manzillari Ukrainada röyxatdan ötgan. U bu haqda Fox News’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Biz nima röy berganini aniq bilmaymiz. Biroq X tizimini işdan çiqarişga qaratilgan keng kölamli kiberhujum uyuştirildi va hujumçilarning IP manzillari Ukraina hududiga tegişli», – degan Mask.
10 mart kuni X platformasi keng kölamli DDoS-hujumga uçragan. Maskning sözlariga köra, ijtimoiy tarmoq har kuni hujumlarga duç keladi, lekin bu gal resurslar miqyosi juda katta bölgan. U buning ortida yirik guruh yoki davlat turgan bölişi mumkinligini ta’kidladi.
Şu bilan birga, Dark Storm Team falastinparast hakerlar guruhi uşbu hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olganini e’lon qildi. Ular buni Ğazoda davom etayotgan nizoga javob sifatida amalga oşirganini ma’lum qildi.
Trampdan Kanadaga yana tahdid
AQŞ prezidenti Donald Tramp Kanadaga nisbatan yangi tariflar joriy qiliş bilan tahdid qildi. Uning ta’kidlaşiça, agar Kanada 2 aprelga qadar AQŞga qarşi bojxona tölovlarini bekor qilmasa, u Kanadada işlab çiqarilgan avtomobillarga tölovlarni keskin oşiradi va Kanadada avtosanoatni töxtatadi.
Trampning bu bayonoti Ontario provinsiyasining AQŞga eksport qilinadigan elektr energiyasiga 25 foizlik boj joriy qiliş qaroriga javob sifatida bildirilgan.
«Biz Kanadani yiliga 200 mlrd dollardan ziyodroqqa subsidiyalaymiz. Nega? Bu ortiq davom etişi mumkin emas. Bunga yagona mantiqiy tuşuntiriş Kanada bizning 51-ştatimiz ekanligidir», degan Tramp.
Tramp, şuningdek, Kanadaning metall va sut mahsulotlariga joriy qilgan tariflarini bekor qilişni talab qildi. U, agar talablari bajarilmasa, Kanadaga eksport qilinadigan metallarga tarifni 50 foizga oşirişini va Milliy favqulodda holat e’lon qilişini bildirdi.
AQŞda nolegal migrantlar uçun yangi ilova
AQŞ bojxona va çegara xizmati (CBP) «CBP Home» nomli yangi mobil ilovani işga tuşirdi. Bu ilova noqonuniy migrantlarga hibsga olinmasdan, «öz-özini deportatsiya qiliş» imkonini beradi.
Milliy xavfsizlik vaziri Kristi Noemning ta’kidlaşiça, migrantlar agar uşbu xizmatdan foydalansa, kelajakda qonuniy ravişda AQŞga kiriş imkoniyatiga ega böladi. «Agar ular buni qilmasalar, biz ularni topamiz, deportatsiya qilamiz va ular heç qaçon AQŞga qaytib kelolmaydi», — dedi u.
«CBP Home» ilgari Jo Bayden ma’muriyati tomonidan joriy qilingan «CBP One» ilovasining örniga iş boşlaydi. Bayden davridagi ilova migrantlarga Meksikadan rasmiy suhbatga yoziliş imkonini bergan edi. Tramp prezidentlikka qaytganidan söng u ilovani yopib, barça rejalaştirilgan suhbatlarni bekor qildi.
Germaniyada kuçli migratsiya çeklovlari
Germaniyada yangi kansler bölişga tayyorlanayotgan Fridrix Mers ham migratsiya siyosatida qat’iy çoralar körişni rejalaştirmoqda.
Germaniya OAV ma’lumotlariga köra, u noqonuniy migrantlarni ommaviy qaytariş va çegara nazoratini kuçaytirişni maqsad qilgan.
Bild gazetasi manbalariga köra, Mers Polşa va Avstriya bilan kelişib, «domino effekti» strategiyasini amalga oşirmoqçi. Bu Yevropa Ittifoqi davlatlarini migrantlarni qabul qilişni çeklaşga majbur qiladi. Berlin esa bu masalada boşqa davlatlar bilan kelişuvga erişmasa ham, mustaqil ravişda harakat qilişga tayyor.
Yangi siyosatga köra, boşpana beriş takliflari qisqartiriladi, noqonuniy migrantlarni uşlaş vakolatlari kengaytiriladi va Afğonistonga deportatsiya qayta tiklanadi. «Germaniya uçun muqobil» partiyasining saylovda 19 foiz ovoz olişi hukumatni migratsiya siyosatida qat’iyroq qadamlar qöyişga majbur qilgan.