Jaffar Express kompaniyasining Kvetta şahridan Ravalpindiga yöl olgan poyezdiga hujum mamlakat janubi-ğarbida, Belujiston viloyatida sodir böldi.

Jangarilarning harakatlari natijasida poyezd harakati töxtatilgan. Tarkib tunnelda turibdi, deb xabar bergan Reuters. AFP agentligi politsiya vakiliga tayanib yozişiça, poyezd toğdagi tunnel oldida töxtatilgan.

Politsiya ma’lumotlariga köra, tunnel yaqinida portlaş, şuningdek, otişma ovozi eşitilgan. Poyezd töxtatilgan hududda mobil aloqa va internet yöq, deya ma’lum qildi BBC’ga mahalliy rasmiylar.

«Belujiston ozodlik armiyasi» bayonotida aytilişiça, jangarilar poyezdda ketayotgan odamlarni, şuningdek, hujumni qaytarişga uringan xavfsizlik kuçlarini garovga olgan. Ayirmaçilar öz bayonotida agar politsiya va harbiylar çekinmasa, garovga olinganlarni yöq qiliş bilan tahdid qilmoqda.

Rasmiylar garovga olinganlar haqidagi ma’lumotni hali tasdiqlamadi. Poyezd öqqa tutilişi oqibatida maşinist yaralangan.

Pokiston politsiyasi ma’lum qilişiça, poyezd töxtatilgan joyga xavfsizlik kuçlari yuborilgan. Belujiston viloyati hukumati vakili mahalliy Dawn naşriga bergan intervyusida xavfsizlik kuçlarining jangarilar bilan şiddatli otişmalari haqida aytib bergan.

Pokiston içki işlar vaziri Muhsin Nakvi poyezdga qilingan hujumni qoraladi va rasmiylar «aybsiz yölovçilarga öq uzgan hayvonlarga yon bermasligi»ni aytdi.

«Belujiston ozodlik armiyasi» 1970-yillar boşlarida taşkil etilgan isyonçi taşkilot bölib, u Belujiston mustaqilligini tan olişni talab qiladi va mintaqa resurslarini töliq nazorat qilişga da’vo qiladi. U AQŞ, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi davlatlari kabi bir qator mamlakatlarda terrorçi taşkilot deb topilgan.

Ötgan yili taşkilot jangarilari hududda qator halokatli portlaşlarni amalga oşirgandi.

2024 yil noyabrida Kvetta temiryöl stansiyasida poyezd portlaşi oqibatida önlab odamlar halok bölgan, yana önlab kişilar jarohatlangandi.