Toşkent şahri, Yaşnobod tumani, Normuhammedov dahasi 12-uyning liftida nosozlik yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga köra, lift içidagi odamlari bilan birga harakatdan töxtab qolgan.

Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi xabariga köra, lift töxtaş qavatiga kelganda sekinlaştiriş funksiyasini amalga oşiruvçi datçik nosozligi tufayli öz vaqtida kerakli signal yetib bormagan. Şu bois liftning himoya fuksiyasi işlab, 2- va 3- qavatlar oraliğida harakatlanişdan töxtagan.

Ta’kidlanişiça, köp qavatli uyga xizmat körsatuvçi «Eco hudud» va lift ekspluatatsiyasini şartnoma asosida amalga oşirib kelayotgan «Xavfsiz lift» taşkilotining 24/7 dispetçerlik xizmatiga murojaat kelib tuşgaç, taşkilot vakillari hodisa joyiga borib, odamlarni 4-5 daqiqa içida liftdan çiqarib olişga muvaffaq bölgan. Hozir lift qurilmasi soz holatga keltirilgani aytilmoqda.

Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri örinbosari Ozoda Jörayeva Yaşnobod tumani hokimi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi vakillari va boşqa mutasaddi taşkilotlar bilan holatni muhokama qilgan. Bunda tizimni raqamlaştiriş, kuzatuv mexanizmini yanada kuçaytiriş lozimligi ta’kidlanib, lift kabinalarida aloqa kanallarini yaxşilaş yuzasidan aniq topşiriqlar berilgan.