Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Olim Abdullayev Xorvatiyaning mamlakatdagi elçisi (qarorgohi Ostona şahrida) Refik Şabanoviç bilan video-konferens-aloqa formatida uçraşuv ötkazdi.

TIV ma’lumotiga köra, uçraşuvning asosiy kun tartibidan taşqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari örin oldi.

Muzokaralar çoğida Özbekiston fuqarolarini Xorvatiyaga işlaş uçun jönatişning taşkiliy masalalari va qonunçilik bazasini yaratiş maqsadida mutaxassislarni jalb qiliş muhokama qilindi.

Tomonlar taşqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytiriş va ikki davlatning tegişli idoralari örtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kuçaytiriş zarurligini qayd etdilar.