12 mart kuni ertalab Toşkentda kuçsiz zilzila sodir böldi. Markaziy Osiyo, jumladan, Özbekistonda ham oxirgi yillarda zilzilalar kamayib ketgan. Bu yaqin yillar içida seysmik hududlar kuçli zilzilaga tayyorlanayotganini anglatişi mumkin, deydi Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri Ulfat Nurmatov Kun.uz’ga bergan intervyusida.
Bugun, 12 mart kuni ertalab soat 6:16 da Toşkent viloyatida 3,6 magnitudali zilzila sodir böldi. Zilzila öçoği Toşkent viloyatining Toşkent tumani bölgan. Zilzila takrorlanişi mumkinmi, Özbekiston hududi hozir qanday seysmik holatda? Bu savollarga Seyesmologiya instituti seysmogeodinamika laboratoriyasi mudiri Ulfat Nurmatov javob berdi.
Nurmatovning ma’lumot berişiça, 12 mart kuni Toşkent viloyatida sodir bölgan zilzila uzoq muddatli prognozlarda aks etgan.
“Bunaqa faollanişlar oxirgi marta 2008 yilda sodir bölgan edi. Öşandan keyin mana 2025 yilda böldi. Bunaqa zilzilalar bizning zona uçun odatiy hol. Bunday zilzilalar köp bölib turgani ma’qul. Çunki yer ostida töplangan energiya tez-tez sarf bölib turadi. Yiğilib qolmaydi”, – deb tuşuntirdi u.
Olim 12 mart kungi zilzila öçoği Toşkent-Piskom seysmik zonasida joylaşgani va bu hudud vaqti-vaqti bilan faollaşib turişini, tarixda Toşkent şahri va uning atrofida 7-8 ta sezilarli zilzila bölgani va bu zonaning potensiali 6,5 magnitudali zilzilani keltirib çiqarişga qodir ekanini ham qöşimça qildi.
“Toşkent öçoğida ham zilzilaga şaroit yetilib kelyapti, yaqin kunlarda faollaniş bölib qolişi mumkin deb aytganmiz. Mana öşa bu örtaça statistikaga töğri keldi. Bundan kuçliroq ham bölişi mumkin. Çunki bu zonaning potensiali yuqori. Odatda zilzila bitta bilan tugamaydi, keyin maydalari ham bölişi mumkin”, – dedi u.
Şuningdek, u Özbekistonning seysmik zonalarida kuçli zilzilalar yuz berganiga ança vaqt bölgani va örtaça takrorlaniş davriga nisbatan hisoblansa, keyingi faollanişga şaroit yetilganini ham ma’lum qildi.
“Aniq kun, haftasini aytiş qiyin, yaqin kelajakda 1-2 yil içida faollanişi mumkin degan xulosalarni beramiz. Bular nisbatan özini oqlayapti”, – dedi institut laboratoriyasi mudiri.
Olimga köra, qadimda zilzila sodir bölgan öçoqlar hozir seysmik sokinlikda turibdi. Masalan, Andijon zilzilasi 1902 yilda sodir bölgan, 1937 yilda esa Piskentda bölgan va undan keyin bu hududlarda kuçli zilzila kuzatilmagan. “Endi kelajakda unga yaqin hududlarda kuçli zilzilalar sodir bölişi mumkin”, – dedi Nurmatov.








