Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi sanksiyalari masalasi AQŞning Ukrainada öt oçişni töxtatiş böyiça taklifi yuzasidan Moskva bilan muzokaralarda muhim rol öynaşi mumkin. AQŞ davlat kotibi Marko Rubio 12 mart, çorşanba kuni jurnalistlar bilan suhbatda şunday fikr bildirdi. Ukraina böyiça tinçlik muzokaralari jarayoniga yevropalik şeriklarni jalb qiliş imkoniyati va Vaşingtonning bunga munosabati haqidagi savolga Rubio şunday javob berdi: «Öylaymanki, bayonotda (Amerika va Ukraina delegatsiyalarining Saudiya Arabistonida bölib ötgan muzokaralaridan söng) ular (ukrainaliklar) yevropaliklarni jalb qiliş zarurligi masalasini kötargan deb öylayman. Va men işonamanki, rossiyaliklar bilan har qanday muzokaralarda — agar biz ularga yetib borsak, (ruslar) ularga qarşi qöyilgan Yevropa sanksiyalari masalasini kötaradi».

«Şunday ekan, menimça, Ukrainada tinçlik bölişi uçun bu jarayon yakunida yevropaliklar sanksiyalar böyiça nima qilişlari va hokazo haqida qandaydir qaror qabul qilişlari kerak. Şuning uçun menimça, ular bu borada mutlaqo (tinçlik muzokaralari jarayonida) iştirok etişlari kerak», deb tuşuntirdi AQŞ Davlat departamenti rahbari.

AQŞ G7 yiğilişida Rossiyaga qarşi ritorikadan qoçişga çaqirdi

AQŞ 12-14 mart kunlari Kanadaning Kvebek provinsiyasi Şarlevua şahrida bölib ötadigan «Yettilik guruhi» (G7) davlatlari taşqi işlar vazirlarining yiğilişida Rossiyaga nisbatan «duşmanlik» ritorikasini qöllaşning oldini olmoqçi. Bu haqda 10 mart kuni AQŞ davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi. «Bizning fikrimizça, duşmanona ritorika ba’zan muzokaralarda nizolaşayotgan tomonlarni jalb qilişni qiyinlaştiradi», — deya uning sözlarini keltiradi AFP.

Şu bilan birga, Rubioning sözlariga köra, Ukrainadagi uruşni tartibga solişda aniq bir tomonni qöllab-quvvatlaş haqida gap ketmayapti. «Katta yettilik»ning boşqa taşqi işlar vazirlari boşqaça fikrda bölişi mumkin, ammo hozirda Vaşington muzokaralar ötkaziş imkoniyatini ta’minlay oladigan yagona tomon, dedi AQŞ davlat kotibi.

Avvalroq Bloomberg agentligi «Katta yettilik» qöşma bayonoti loyihasi böyiça muzokaralar çoğida AQŞ Xitoyga nisbatan sözlarni qat’iylaştiriş va Rossiya Federatsiyasiga nisbatan qoidalarni yumşatişni talab qilgani haqida xabar bergan edi. Xususan, Vaşington «sanksiyalar» sözini olib taşlaşni, «Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruş olib boriş qobiliyati» degan sözni «daromad oliş» sözlari bilan almaştirişni talab qildi. Bundan taşqari, agentlik tomonidan körilgan asosiy kommyunike loyihasidan Rossiya tajovuzkorligi haqidagi har qanday eslatma olib taşlandi. Buning örniga matnda öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişiş uçun «barça sa’y-harakatlar» olqişlanadi, deb yozadi Bloomberg.