Ukraina va AQŞ örtasidagi muzokaralardagi muvaffaqiyat uruş tugaşiga umid uyğotdi. Rossiya tomoni sukut saqlaşiga qaramay, Kiyev rozi bölgan sulh istiqboli hozirda imkonsiz körinmayapti. Ammo öt oçişni töxtatişga erişiş ham – oson vazifa emas, mustahkamroq tinçlik sulhi yölidagi tösiqlar esa yanada köproqdir. BBC buning sababini tuşuntiradi.

Sulh tuziş Ukraina uçun foydalimi?

Bir tomondan, ha: Volodimir Zelenskiyning Donald Tramp bilan halokatli uçraşuvidan bir yarim hafta ötgaç, Kiyev Vaşington bilan konstruktiv muloqotni tiklaşga muvaffaq böldi deyiş mumkin. Ukraina harbiy harakatlarni 30 kun muddatga töxtatişga rozilik bergaç, AQŞ harbiy ta’minot va razvedka ma’lumotlari almaşinuvini qayta tikladi.

Kiyevdagilar bu kelişuvlardan mamnun, çunki bu Ukraina uruşni töxtatişni istamayotgani haqidagi narrativni buzişga imkon berdi – Kremldagilar muntazam ravişda şu haqda gapirib kelayotgan, sönggi haftalarda Oq uyda ham gapira boşlaşgandi.

Ammo boşqa tomondan, butun front çiziği böylab öt oçişni töxtatişga rozilik – uruşning dastlabki ikki yilida Kiyev amal qilgan, Rossiya Ukrainaning xalqaro miqyosda tan olingan hududlaridan qöşinlarini olib çiqmagunça sulh tuzilmasligi töğrisidagi prinsiplardan keskin ortga qaytişdir.

Bunday pozitsiyani qöllab-quvvatlovçi asosiy argument şundan iborat ediki, harbiy harakatlardagi har qanday töxtaliş Moskvaga yangi hujumlar uçun kuç töplaş imkonini beradi. Aynan şuning uçun Ukraina delegatsiyasi Jiddaga faqat «havoda va dengizda sulh tuziş» taklifi bilan kelgandi.

Jiddadagi muzokaralarda xavfsizlik kafolatlari masalasi (ya’ni Rossiya pauzadan foydalanmasligi va yangi kuç bilan hujum qilmasligi uçun qandaydir himoya) oçiq qoldi.

Ammo AQŞ rahbariyati öt oçişni töxtatgandan keyingina kafolatlar haqida gapiriş mumkinligini ta’kidlagani uçun Kiyev yon berişga majbur böldi.

Jiddadagi muzokaralar Kiyevga Vaşington bilan munosabatlardagi keskinlikni yumşatişga yordam berdi, AQŞ bir neça hafta içida ilk marta Rossiyadan tinçlikka erişiş uçun aniq harakatlarni talab qildi. Ammo bu muvaffaqiyat Kiyevni Ukraina hukumati ehtimoliy kelişuv asosi deb hisoblagan xavfsizlik kafolatlarini olişga yaqinlaştirmadi. Foto: Salah Malkawi/Getty Images