Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etiş va ularning loyihalarini moliyalaştirişni kengaytiriş maqsadida 2025 yilda xotin-qizlar loyihalarini qöllab-quvvatlaş uçun qöşimça ravişda 200 mln AQŞ dollari yönaltiriladi.
Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi yetti yil muddatga, Markaziy bankning asosiy yillik stavkasi böyiça jami 100 mln AQŞ dollari ekvivalentida – şundan AT "Xalq banki"ga – 35 mln AQŞ dollari, "Biznesni rivojlantiriş banki" ATBga – 35 mln AQŞ dollari va "Mikrokreditbank" ATBga – 30 mln AQŞ dollari miqdorida kredit resurslarini ajratadi.
Tijorat banklari "Mahalla loyihasi" dasturi doirasida loyihalarni moliyalaştiriş uçun taşqi moliya bozorlaridan 100 mln AQŞ dollari ham jalb qilişlari kerak.
Hujjat bilan ayollar loyihalarini moliyalaştiriş uçun kreditlar quyidagiça berilişi belgilangan:
- "Biznesni rivojlantiriş banki" ATBga ajratilgan mablağlar hisobidan, Hamroh ayollar-tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş dasturi doirasida belgilangan tartib va mexanizmlarga muvofiq;
- AT "Xalq banki" va "Mikrokreditbank" ATBga ajratilgan mablağlar hisobidan, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturi doirasida belgilangan tartib va mexanizmlarga muvofiq.








