Agar Rossiya Jiddada bölib ötgan muzokaralarda AQŞ va Ukraina delegatsiyalari kelişib olgan 30 kunlik sulh şartlarini qabul qilmasa, AQŞ «kuçli qadamlar» qöyadi, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.

«Ukraina Kiyevning tinçlikka tayyorligini körsatiş uçun AQŞning 30 kunlik sulh taklifiga rozi böldi. Men juda jiddiy kayfiyatdaman va men uçun uruşni tugatiş muhim. Men AQŞ prezidenti buni körişini istayman.

Rossiya sulhga rozi bölişining ehtimoli qanday? Keling, köramiz. Agar Moskva rad etsa, Ukraina AQŞdan Rossiyaga nisbatan kuçli qadamlar kutmoqda. Hozirça tafsilotlarni bilmayman, lekin biz sanksiyalar va şunga mos ravişda Ukrainani [qöllab-quvvatlaşni] kuçaytiriş haqida gapiryapmiz.

Moskvaga nisbatan «bosim qadamlari» Vaşingtonga va Rossiya tomoni bilan muloqot natijalariga boğliq böladi. Sulh tuzilgan taqdirda Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari masalasi AQŞ bilan muzokaralarda muhokama qilingan, ammo batafsil muhokama keyinroq böladi. Rossiyaliklar Ukrainani AQŞ bilan uriştiriş uçun hamma narsani qiladi. Saudiya Arabistonidagi uçraşuv bu rejalarni barbod qiladi, deb hisoblayman. Aksinça, keskinlik yumşaşi davom etmoqda», – degan Ukraina prezidenti. 

U mojaroni hal qiliş böyiça muzokaralarda hududlarni yöqotişni tan oliş – Kiyev uçun asosiy «qizil çiziq» bölişini aytdi. 

«Biz Rossiya Federatsiyasi tomonidan bosib olingan hududlarni ularniki deb tan olmaymiz. Bu fakt. Xalqimiz buning uçun kuraşdi, qahramonlarimiz hayotini fido qildi. Juda köp inson yaralandi, juda köp azob çekildi. Şu sababli heç kim buni unutmaydi. Men „heç kim unutmaydi“ deganimda, bu biz uçun asosiy „qizil çiziq“ ekanini nazarda tutyapman», – dedi u.

Zelenskiyning qöşimça qilişiça, sulh boşlanganidan keyin mojaroni tugatişning bosqiçma-bosqiç rejasi işlab çiqilişi kerak, u harbiy holatni bekor qiliş va saylovlar ötkazişni öz içiga oladi.

U Jiddadagi muzokaralar arafasida Ukraina tomonidan Rossiya hududlari, jumladan poytaxt Moskvaga yuzlab dronlar bilan hujum qilgani yuzasidan ham izoh bergan.

«Ukraina dronlarining Moskvaga hujumi kuçni körsatib qöyiş emas, balki Rossiyaning Ukraina bilan qilayotgan işiga adolatli javobdir. Bugun, masalan, Kriviy Rihga zarbalar berildi. Sizningça, bunday holatdan keyin Ukraina qöşinlari javob beradimi, yöqmi? Uruşni biz boşlaganimiz yöq, lekin biz haqiqatan ham uning tugaşini istaymiz. Ammo odamlarimizni öldirib, buning uçun javob olmaslik – bunaqasi ketmaydi», – degan u.