Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazildi.

Unda, “Farğona suv ta’minoti” AJ Qöqon şahar bölimining muqaddam sudlangan 2 nafar inspektori öz xizmat vazifalaridan foydalanib, Qöqon şahrida mahalliy quriliş firmasi barpo etayotgan yangi köp qavatli uylardagi jami 555 ta xonadonga içimlik suvi uçun hisoblagiç örnatiş, şaxsiy kartoçka oçiş, sertifikat qilib beriş va boşqa xizmatlar evaziga 51 ming AQŞ dollari olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasining 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasining 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyatida kuzatilgan holatda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga qaraşli “Energosavdo” korxonasining Davlatobod tuman bölimi muhandisi metall eritiş faoliyati bilan şuğullanuvçi MÇJda elektr hisoblagiçdan noqonuniy foydalanilganligi sababli, davlatga juda köp miqdorda zarar yetkazilganligini rökaç qilib, holatni rasmiylaştirmaslik va jarimaga tortmaslik evaziga vositaçi orqali 20 ming AQŞ dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan uşlandi.

Hozirda mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasining 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllandi. 

Andijon viloyatidagi tumanlardan birining kadastr bölimi boşliği fuqaroga boğdorçilik yönalişida foydalaniş uçun hokimiyat tomonidan ijaraga berilgan 1 gektar yer maydonining 17 sotix qismidagi noqonuniy qurilmani buziş böyiça dalolatnoma rasmiylaştirmaslik, sudlarga da’vo arizasi kiritmaslik va uni jinoiy javobgarlikka tortiş yuzasidan prokuratura organlariga hujjatlar taqdim qilmaslik, şuningdek, keyinçalik uşbu yer maydonining 22 sotix qismini “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida”gi qonun asosida turar-joy sifatida rasmiylaştirilişida yordam beriş evaziga 6 ming AQŞ dollari talab qilgan.

U söralgan pul mablağini özining xizmat xonasida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Hozirda mazkur mansabdor şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllandi.