«Gazprom» Ğarb sanksiyalaridan eng katta zarar körgan kompaniya böldi - Reuters
|15:33 / 14.03.20259 95113 min
Bir paytlar Rossiyaning yuksaklarga parvoz qilgan va kapitalizatsiyasi böyiça jahonda old örinlarda turgan gaz eksport qiluvçi kompaniyasi Yevropa bozoridan ayrilib, oğir ahvolda qoldi, deb yozmoqda Reuters.
Foto: REUTERSFoto: REUTERS
Rossiya davlat gaz giganti «Gazprom» boş direktori Aleksey Miller 11 yil avval Sankt-Peterburg şahri markazida Italiyaning saroy uslubida barpo etilgan haşamatli binoni oçarkan, uning kelajagi Yevropa bozoriga boğliq ekanini başorat qilgan edi.
Rossiyaning eng «yevropaça» şahrida qurilgan zamonaviy ofislar haqida gapirar ekan, Miller: «Bu ramziy ma’noga ega. Yevropaning Rossiya gaziga ehtiyoji yanada ortadi», degandi.
Biroq bugunga kelib uşbu haşamatli ofislar «Gazprom»ning keskin tanazzuli ramziga aylandi. Ukrainadagi uruş tufayli Rossiyaning Ğarb bilan munosabatlari uzilganidan söng kompaniya Yevropa bozorlarini qariyb butunlay yöqotdi.
Bir neça milliard dollarlik zarar körib, iqtisod qiliş uçun çora izlayotgan «Gazprom» rahbariyati endi uşbu binoni boşqa haşamatli mulklari bilan birga sotişni örganib çiqmoqda. Bu haqda «Gazprom» rahbariyatidan biri hamda kompaniya içidagi muhokamalardan xabardor yana bir manba Reutersʼga ma’lum qildi.
«Gazprom» Rossiyaning uç yil avval Ukrainaga keng kölamli bosqinidan söng joriy qilingan xalqaro sanksiyalardan eng köp zarar körgan kompaniya böldi. Rossiya iqtisodiyotining umumiy barqarorligi saqlanayotgan bölsa-da, bir qança sohalarda keskin qiyinçiliklar kuzatila boşladi. Reuters avvalroq prezident Vladimir Putin harbiy xarajatlarning keskin ortişi iqtisodiyotga salbiy ta’sir körsatayotganidan xavotirda ekani haqida xabar bergan edi.
«Gazprom eksport» xodimlari keskin qisqarib, bir neça ön kişigaça tuşib qoldi. Bir paytlar kompaniyaning eng farovon bölinmasi bölgan va yarim asrdan ortiq davomida SSSR hamda Rossiyaning Yevropaga gaz sotuvini boşqarib kelgan uşbu bölinmada hozir faqat bir neça önlab xodim qolgan.
Rossiya Yevropaga eng köp gaz eksport qilgan beş yil oldingi davrda uşbu bölinmada 600 kişi işlayotgan edi. Binoning sotilişi mumkinligi va xodimlar qisqartirilgani haqida hozirça biror joyda rasmiy xabar berilmagan.
«Gazprom» matbuot xizmati va Rossiya energetika vazirligi uşbu xabar yuzasidan izoh beriş böyiça qilingan murojaatlarni javobsiz qoldirdi.
Vaziyatdan xabardor manbalarning Reutersʼga bildirişiça, Yevropa bozori yöqotilgaç, qolgan xodimlar asosan Yevropa Ittifoqidagi sobiq xaridorlar bilan sud jarayonlariga jalb qilingan. «Gazprom eksport» hozirda «şunçaki quruq qobiq»qa aylangan, deydi manbalardan biri.
Kremlga yaqin «Milliy energetika xavfsizligi jamğarmasi» eksperti Aleksey Grivaçning ta’kidlaşiça, yaqin istiqbolda «Gazprom»ning vazifasi ança kamtarona bölib, asosan Rossiya aholisining gaz ta’minotini yaxşilaşga qaratilgan.
Mavzuga oid
«Gazprom»ga iqtisodiyot va aholini arzon, davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlarda gaz bilan ta’minlaş va gazlaştiriş vazifasi yuklangan», dedi u.
Reuters uşbu materialni tayyorlaşda «Gazprom»ning uç nafar rahbari va oltita hozirgi hamda sobiq xodimi bilan suhbatlaşdi. Ularning barçasi professional oqibatlardan xavfsirab, nomini oşkor qilmaslikni söragan.
Keng qamrovli qisqartirişlar
Xodimlar bilan suhbatlardan ma’lum bölişiça, «Gazprom» muammolari faqat eksport bölimi bilan çeklanib qolmagan. Reuters bilan muloqot qilgan ikki manbaning ma’lumotiga köra, Aleksey Miller Rossiyadagi boş kompaniya qarorgohida va Sankt-Peterburgda joylaşgan, Yevropa böyiça eng baland binolardan biri hisoblangan Britaniya loyihasi asosida qurilgan «Laxta sentr»da ham 1500 nafar xodimni qisqartiriş rejasini tasdiqlagan.
Boşqa bir manbaning sözlariga köra, «Gazprom» boş qarorgohidagi qisqartirişlar hali rasman e’lon qilinmagan bölsa-da, xodimlardan öz iş örinlarini saqlab qoliş uçun taqdimotlar tayyorlaş talab qilingan. Xodimlar öz vazifalari va bir-biri bilan öxşaşliklar haqida bayonnoma yozib topşirişi kerak. Bu jarayon bir neça hafta içida yakunlanişi kutilmoqda.
Uşbu qisqartirişlar «Gazprom»ning boş qarorgohidagi jami xodimlarning taxminan 40 foizini taşkil etadi, ammo butun Rossiya böylab yarim million kişidan iborat umumiy işçi kuçiga nisbatan kiçik uluşdir.
Bir rahbarning aytişiça, kompaniya boşqaruvi Yevropaning qarorli pozitsiyasini notöğri baholagan. Kompaniya içidagi fikrlarga köra, Yevropa tez orada Rossiya gazi uçun «iltijo qilib» qayta murojaat qiladi, deb taxmin qilingan edi. Biroq energetika xarajatlari oşganiga qaramasdan, Yevropa Ittifoqi sanksiyalardan voz keçmadi. «Biz xatoga yöl qöygan ekanmiz», — dedi mazkur rahbar.
Rossiya gazining örnini AQŞ tezda egalladi va Yevropa qit’asida AQŞ hozir eng yirik suyultirilgan tabbiy gaz (LNG) eksportyori bölib qoldi. AQŞning Yevropaga yetkazib berayotgan LNG hajmi 2021 yildan buyon uç barobar oşgan. Yevropa hali ham Rossiyaning dengiz orqali yetkazib beriladigan suyultirilgan gazini xarid qilmoqda, biroq xaridlar asosan «Gazprom»ning raqobatçisi bölgan «Novatek»ning «Yamal LNG» zavodidan amalga oşirilmoqda.
Yevropa Ittifoqi 2027 yilga borib Rossiyadan keladigan yoqilğiga qaramlikni töliq töxtatişni rejalaştirmoqda. Umumiy gaz iste’moli esa qisman qayta tiklanadigan energiya manbalariga ötişi sabab kamayib bormoqda.
2023 yil yakunlari böyiça «Gazprom» 7 mlrd dollar miqdorida zarar körganini e’lon qildi. Bu Vladimir Putin hokimiyatga kelgan 1999 yildan beri kompaniyaning birinçi zararidir. Şuningdek, 2024 yilning dastlabki 9 oyida ham yirik zarar qayd etilgan.
2024 yil dekabri örtalarida «Gazprom» aksiyalari 2009 yil yanvaridan beri eng past darajaga tuşib, bir aksiya uçun 106,1 rublni taşkil etdi. Bu 2024 yil boşidan beri 33 foizdan köproq pasayiş demakdir.
Ötgan yili yillik zarar haqida xabar berganidan bir neça oy ötib, «Gazprom» Moskva va Armanistondagi «Gullar vodiysi»da joylaşgan taniqli haşamatli mehmonxonalarni öz içiga olgan yuqori qiymatli mulklarini sotişini ma’lum qilgan edi.
«Gazprom» uzoq yillar davomida haşamatli mulklarga sarmoya kiritib kelgan. Bu mulklar xodimlarni rağbatlantiriş, ularga maroqli dam oliş imkoniyati beriş, şuningdek, 2014 yilgi qişki Olimpiya öyinlari kabi turli konferensiyalar va tadbirlarni ötkaziş uçun foydalanilgan.
Tramp effekti
Donald Trampning Oq uyga qaytişi «Gazprom» aksiyalari qiymati tiklanişiga biroz yordam berib, ularning narxi taxminan 180 rublga kötarildi. Bu haqda ötgan oyda Alpha Bank öz hisobotida ma’lum qildi. Bunga Ukrainadagi uruşda tezkor tinçlik kelişuviga erişilişi va natijada Yevropa bilan gaz eksporti tiklanişi mumkinligiga umidlar sabab böldi.
Şunga qaramay, Yevropaning qaytadan Rossiya gaziga qaram bölib qolişiga işoralar kam. Financial Times naşriga köra, Putinning uzoq yillik ittifoqdoşlaridan biri Amerika Qöşma Ştatlaridan qiymati 11 mlrd dollar bölgan va Rossiyadan Germaniya orqali gaz yetkazuvçi «Şimoliy oqim-2» gaz quvurini qayta işga tuşirişga ruxsat berişni söramoqda. Biroq Germaniya Rossiya energiya manbalariga boğliq bölmaslik siyosatiga sodiq qolişini bildirgan.
Agar Yevropa qayta gaz olişni xohlagan taqdirda ham, hozir qisman şikastlangan holatda bölgan «Şimoliy oqim» gaz quvuri işlamaydi.
Shell kompaniyasining integral gaz böyiça ijroçi vitse-prezidenti Sederik Kremers fevral oyi oxirida Londonda bölib ötgan Xalqaro energetika haftaligida «Rossiya quvur gazi Yevropaga qaytişi mumkinmi?» degan savolga javoban: «Bu köp omillarga boğliq», deya ta’kidladi.
U «Gazprom» bilan boğliq köplab sud jarayonlariga e’tibor qaratib, «xaridorlar va Yevropa Rossiya gaziga avvalgiday boğlanib qolişni xohlaydimi?» degan savolni örtaga taşladi.
Yevropa komissiyasi ma’lumotlariga köra, Yevropa Ittifoqi sanksiyalaridan avval «Gazprom»ning Yevropa bozoridagi 35 foizdan yuqori bölgan uluşi hozir 7 foizga tuşib qolgan.
Moskva fond birjasi, «Gazprom» va Reuters hisob-kitoblariga köra, kompaniyaning bozor kapitallaşuvi çorşanba kuni holatiga köra taxminan 46 mlrd dollarni taşkil etmoqda. Bu esa 2007 yildagi eng yuqori körsatkiç — 330,9 mlrd dollardan 7 barobar pastdir.
Miller davri intihosi
Kompaniya içki gaz ta’minotçisi sifatida yangi rolga moslaşar ekan, boş direktor Aleksey Millerning ilgarigi balandparvoz rejalari amalga oşmay qoldi. 2007 yilda Miller kompaniyaning bozor qiymati kelajakda 1 trln dollarga yetişini aytgan edi.
Öşa paytlarda bu real marradek köringan bölsa-da, hozir kompaniya içki bozorga gaz yetkazib beriş bilan çeklanib qolgan. Miller 24 yildan beri kompaniyani boşqaradi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 1990-yillarda Putin Sankt-Peterburg meriyasida işlagan paytlardan beri yaqin döst hisoblanadi. Miller 2018 yildan beri AQŞ sanksiyalari röyxatida bölib, AQŞ fuqarolari va kompaniyalariga u bilan har qanday aloqalar taqiqlangan.
«Gazprom» uzoq yillar davomida Rossiyada «davlat içida davlat» maqomida bölgan edi. Kompaniyaning Yevropa bozoridagi uluşi 35 foizdan oşiq bölgandi. Reuters bilan gaplaşgan manbalar kompaniyaning işlab çiqariş obektlari yoki monoşaharlar («Gazprom» tomonidan barpo etilgan şaharlar)dagi iş joylarining qisqartirilişi haqida rejalar yöqligini ma’lum qilgan.
Qirlar oşa gaz ötkaziş istiqbollari
Putinning Yevropaga gaz eksport qilişni Xitoy bozori bilan almaştiriş haqidagi uzoq muddatli va’dalari hozirça optimistik qaraş sifatida qolmoqda. Hatto eng katta rejalar bilan şarqqa gaz yetkaziş loyihalari amalga oşgan taqdirda ham, ularning hajmi avvalgi yillarda Yevropa bozoriga yetkazilgan 180 milliard kub metr gazning yarmiga ham yetmaydi.
Rossiya gazining katta qismi Yevropaga gaz haydaş quvurlari orqali yetkazilardi. Germaniya va boşqa Yevropa mamlakatlari xaridlarni töxtatganidan keyin ortgan gazni joylaştirişning boşqa yöli qolmadi.
Şunga qaramay, Rossiya neft eksportçilari tankerlarini ularga nisbatan sanksiyalar qöllamagan Osiyo mamlakatlariga qayta yönaltira oldi.
Rossiyaning 2023 yilda rekord darajada pasaygan gaz işlab çiqarişi ötgan yili içki bozordagi talabning ösişi va Xitoyga eksportning köpayişi hisobiga qisman tiklandi. Ammo bu savdoni yanada kengaytiriş uçun quvur infratuzilmasi yetarli emas.
Hozirça Rossiyadan Xitoyga gaz yetkazib beruvçi yagona katta yönaliş – yiliga 38 milliard kub metr quvvatga ega bölgan «Sibir qudrati» quvuridir.
Ikkinçi kiçikroq quvur – yiliga 10 milliard kub metr gaz taşiş imkoniyatiga ega bölgan va Tinç okeanidagi Saxalin orolini Xitoy bilan boğlaydigan liniya – 2027 yilgaça işga tuşirilişi rejalaştirilgan.
Rossiya va Xitoy ön yildan ortiq vaqt mobaynida uçinçi – «Sibir qudrati-2» gaz quvurini quriş haqida muzokaralar olib bormoqda. Bu quvur yiliga 50 milliard kub metr gaz taşişi va Xitoy gaz iste’molining öndan bir qismini qoplaşi mumkin. Biroq uşbu reja amalga oşişi uçun bir neça yillar kerak, narxlar borasidagi kelişmovçiliklar sabab muzokaralar töxtab qolgan, deyiladi ommaviy axborot vositalari xabarlarida.
Rossiya boş vaziri örinbosari Aleksandr Novak may oyida Rossiya va Xitoy «Sibir qudrati-2» gaz quvuri böyiça şartnomani «yaqin vaqt içida» imzolaşini ma’lum qilgan edi.
«Interfaks» agentligiga köra, yanvar oyida prezident Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinping örtasida «Sibir qudrati-2» masalasi muhokama qilingan, biroq kelişuvga erişilmagan.
Gazprom bilan muzokara olib borayotgan China National Petroleum Corporation kompaniyasi uşbu jarayonga izoh berişdan boş tortdi. Rossiya hukumati ham Reuters agentligi söroviga javob bermadi.
Kolumbiya universiteti Global energetika siyosati markazi tahlilçilarining ta’kidlaşiça, agar hatto «Sibir qudrati-2» loyihasi tez fursatda amalga oşirilgan taqdirda ham, gaz hajmi va narx şartlari Yevropaga ötmişda amalga oşirilgan eksport körsatkiçlaridan ança past böladi.
«2030 yilga borib Rossiya gaz eksportidan olinadigan daromad 2022 yil bilan taqqoslaganda 55-80 foizga qisqarişi mumkin. 2022 yilda Rossiya gaz sanoati rekord darajada, 165 mlrd dollar daromad olgan edi», deyiladi markaz tomonidan ötgan yili tayyorlangan tahliliy hisobotda.