Ukraina hukumati 2014 yil may oyi boşida Odessadagi norozilik namoyişlari va tartibsizliklar çoğida ölim holatlarining oldini ololmagan, deya qaror qildi Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi (IHeS). Öt öçiruvçilar, politsiya va Ukrainaning boşqa idoralari zöravonliklarning oldini oliş yoki töxtatmaslik hamda yonib ketgan Kasaba uyuşmalari uyidagi odamlarni qutqariş uçun qölidan kelgan işni qilmagani tufayli Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qiliş böyiça Yevropa konvensiyasini buzgan, deb qaror qildi Strasburgdagi sud 13 mart, payşanba kuni.

Bundan taşqari, uşbu hodisalar yuzasidan samarali tekşiruv taşkil etilmagan va ötkazilmagan, deyiladi qarorda. Sudyalar bir ovozdan Ukraina inson huquqlari böyiça Yevropa konvensiyasining yaşaş huquqini mustahkamlovçi 2-moddasini buzgan, degan xulosaga kelişdi. Bir arizaçiga nisbatan şaxsiy va oilaviy hayotni hurmat qiliş huquqi töğrisidagi 8-modda buzilganligi aniqlandi.

Jami jarima deyarli 115 ming yevroni taşkil etadi

Ukraina da’vogarlarga jami 114,7 ming yevro tölaşi kerak. Jamoaviy da’vo 28 nafar jabrlanuvçi va halok bölganlarning yaqinlari tomonidan qözğatilgan.

2014 yil 2 may kuni Odessada yuz bergan ommaviy tartibsizliklar va yonğinlar çoğida 48 kişi halok bölgan, 200 dan ortiq kişi jarohatlangan edi. Fojia qurbonlarining aksariyati yonib ketgan Kasaba uyuşmalari uyida bölgan, unga molotov kokteyllari taşlangan. Tergov ma’lumotlariga köra, rossiyaparast va yevropaparast faollar örtasida ommaviy tartibsizliklar va töqnaşuvlar avvaldan rejalaştirilgan va uyuştirilgan.