AQŞ prezidenti Donald Tramp özining Rossiya va Ukraina böyiça maxsus vakili Kit Kellogni Moskva iltimosiga binoan uruşni hal qiliş böyiça oliy darajadagi muzokaralardan çetlatdi, deb xabar berdi NBC News 13 mart, payşanba kuni manbalarga tayanib. Jurnalistlarga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin uni juda «ukrainaparast» deb hisoblagan.
Jurnalistlarning ta’kidlaşiça, Kellog Saudiya Arabistonida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari bilan sönggi muzokaralarda iştirok etmagan, garçi ular «uning vakolatiga kirgan». «Kellog Ukrainaga juda yaqin bölgan sobiq amerikalik general. U bizning odamimiz emas, biz izlayotgan kalibr ham emas», — deb NBC rossiyalik mulozimlardan iqtibos keltirgan.
Kellog: AQŞ Rossiya bilan munosabatlarni qaytadan boşlamoqçi
Vaşington Moskva bilan munosabatlarini tiklaşi kerak, çunki Ukrainada davom etayotgan uruş şaroitida yakkalaniş siyosati endi samara bermayapti. Bu haqda 6 mart kuni AQŞning Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili Kit Kellog Vaşingtondagi Taşqi aloqalar kengaşidagi çiqişi çoğida aytib ötdi.
Kellog Vaşington va Moskva örtasidagi munosabatlarni tiklaş istagini AQŞ milliy manfaatlarini himoya qiliş va AQŞning «çeksiz proksi-uruş»ga tortilişining oldini oliş istagi bilan izohladi.
«Demak, siz hozir körayotgan va guvoh bölayotgan narsa Tramp ma’muriyatining tinçlik kelişuviga erişiş uçun ikkala tomonni stolga tortişga qaratilgan şoşilinç sa’y-harakatlaridir», dedi Kellog va Oq uy uruşni tugatiş uçun har ikki tomonga bosim ötkazişini qöşimça qildi.
Rossiyaga nisbatan bunday bosimga misol sifatida Trampning maxsus vakili AQŞning Rossiya Federatsiyasining «soyadagi floti»ga qarşi sanksiyalarini keltirdi. Tramp Rossiyaga bosimni kuçaytiriş uçun qöllaşi mumkin bölgan boşqa strategiyalar orasida Ukrainani qayta tiklaşga yordam beriş uçun muzlatilgan Rossiya aktivlarini tortib oliş va Rossiya energetikasiga maksimal bosim ötkaziş bor, dedi Kellog.








