Yuridik şaxslarga kommunal tölovlarni mobil ilovalar orqali onlayn tölaşga ruxsat berildi. Markaziy bank boşqaruvi raisining tegişli buyruği davlat röyxatidan ötkazildi.
Buyruq bilan Özbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining çiqarilişi va muomalada bölişi qoidalari töğrisidagi nizomning 19-bandi birinçi xatboşisi «davlat boji va yiğimlarni tölaş» degan sözlardan keyin «mobil ilovalar orqali elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun tölovlarni amalga oşiriş» degan sözlar bilan töldirildi.
Endi yuridik şaxslar mobil ilovalar orqali elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun tölovlarni milliy valutadagi bank korporativ kartalaridan foydalangan holda amalga oşirişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda 1 iyuldan aholiga xizmat körsatuvçi budjet taşkilotlari, şuningdek, gaz, neft mahsulotlarini sotuvçi va mol-mulkini ijaraga beruvçi kompaniyalar elektron tölov tizimlariga ulanişi şart etib belgilandi. Elektron tölovlarni qabul qilişni rad etiş terminallar orqali tölovni rad etişga tenglaştiriladi va qonunçilikka muvofiq javobgarlikka sabab böladi.








