12 mart kuni ötkazilgan reyd davomida poytaxt hududida bir kunning özida çiqindi taşlaş bilan boğliq 16 ta huquqbuzarlik aniqlandi. Huquqbuzarlarga Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 91-1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirildi va jami 11 million 375 ming söm jarima qöllandi.

MJtKning 91-1-moddasi 1-qismiga köra, belgilanmagan joylarga qattiq maişiy çiqindilarni va quriliş çiqindilarini taşlaş, şuningdek, suyuq maişiy çiqindilarni tökiş fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravaridan 3 baravarigaça (375 000 — 1 125 000 söm), mansabdor şaxslarga esa 10 baravaridan 20 baravarigaça (3 750 000 — 7 500 000 söm) miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Xuddi şunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo çorasi qöllanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigaça (1 875 000 — 3 500 000 söm), mansabdor şaxslarga esa 20 baravaridan 30 baravarigaça (7 500 000 — 11 250 000 söm) miqdorda jarima solinadi.