Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.

Falastin Ğazo haqidagi bayonotni olqişladi

Falastin ma’muriyati Donald Trampning «Heç kim falastinliklarni Ğazodan haydayotgani yöq», degan bayonotini qöllab-quvvatladi. Falastin prezidenti matbuot kotibi Nabil Abu Rudeyna buni «muhim va umidbaxş qadam», deb atadi.

Rudeynaga köra, AQŞning majburiy köçiriş ğoyasidan voz keçişi falastinliklar manfaatiga xizmat qiladi. U AQŞ ma’muriyati xalqaro qonunçilik va Arab tinçlik taşabbusi asosida siyosiy yeçimga erişişini umid qildi.

Rudeyna arab davlatlari va falastinliklar öz yerlarini tark etmaslik haqida qat’iy pozitsiyada ekanini ta’kidladi. Falastin ma’muriyati Ğazoni tiklaş, bosib olingan hududlarni ozod qiliş va 1967 yildagi çegaralar asosida mustaqil davlat barpo etiş uçun arab davlatlari bilan hamkorlikni kuçaytirişni rejalaştirmoqda.

13 mart kuni Tramp Oq uyda Irlandiya boş vaziri Maykl Martin bilan uçraşuvda uşbu masalaga töxtalib, falastinliklarni Ğazodan majburiy köçiriş haqidagi fikrlarni rad etdi.

Putin öt oçişni töxtatiş şartlarini sanadi

Rossiya Ukrainadagi jangovar harakatlarni töxtatiş taklifini qabul qilişga tayyor, ammo bu jarayon uzoq muddatli tinçlikni ta’minlaşi va inqiroz sabablarini bartaraf etişi kerak. Bu haqda Vladimir Putin ma’lum qildi.

Prezident 30 kunlik otişlarni töxtatiş rejasi böyiça bir qator savollar borligini ta’kidladi. Unga köra, Ukraina uşbu vaqtdan mobilizatsiya va qurol yetkazib berişni davom ettiriş uçun foydalanişi mumkin. Şuning uçun Rossiya hukumatining pozitsiyasi vaziyatni amaldagi holatdan kelib çiqib baholaşdir.

Putin nazorat va aniqlik kiritiş masalalarida jiddiy savollar borligini ta’kidlab, 2 ming kilometr uzunlikdagi front çiziğida kim qanday qoidalarni buzganini aniqlaş oson emasligini aytdi. Şuningdek, bu qarorlarni kim qabul qilişi, buyruqlar qançalik amaliy bölişi ham muhokama qilinişi kerak.

Rossiya muzokaralar böyiça keyingi qadamlarni frontdagi holatdan kelib çiqib belgilaşini ta’kidladi.