Sönggi yillarda köplab xastaliklar yoşarib bormoqda. Xususan, miokard infarktining yoşlar orasida tez-tez uçramoqda. Ilgari bu xastalik asosan 50-60 yoşdan oşgan kişilarda kuzatilgan bölsa, endi 30-40 yoşlilar, hatto 20 yoşdan oşgan yigit-qizlarda ham uçrayapti.
Respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Xurşid Fozilov buning asosiy sabablari, keltirib çiqaruvçi omillar, amal qiliş kerak bölgan qoidalar haqida gapirdi.
– Miokard infarkti yurak muşagining ma’lum bir qismiga qon yetib bormagani sababli töqimaning nobud bölişidir. Bunga odatda qon tomirlarda tösiq paydo bölişi, xolesterin yiğilişi yoki tromb şakllanişi sabab böladi. Bu holat yurak yetkazib beradigan qon oqimini keskin kamaytiradi va xavfli asoratlarga olib kelişi mumkin, dedi şifokor.
Uning sözlariga köra, yoşlarda infarktning asosiy sabablari avvalo, notöğri ovqatlaniş va semizlik.
- Afsuski, bugun aksariyat yoşlar fast-fud, yoğli va qovurilgan taomlar, gazli içimliklar va şakar miqdori yuqori bölgan mahsulotlarni köp iste’mol qilayotganini inkor etib bölmaydi. Bu esa ortiqça vaznga, qon bosimi oşişiga va qon tomirlarda ateroskleroz paydo bölişiga olib kelyapti, dedi şifokor.
Xurşid Fozilovning ta’kidlaşiça, kamharakatlik (gipodinamiya) ham bu kasallikni çaqirmoqda.
- Tan oliş kerak, kompyuter, smartfon va boşqa gadjetlar yoşlarni biroz dangasa qilib qöydi. Sport bilan şuğullanmaslik, uzoq vaqt bir joyda ötirib işlaş yoki öqiş qon aylanişiga salbiy ta’sir körsatadi. Yana bir faktor sifatida yoşlar orasida bugun doimiy stress bilan muammolar borligi. Doimiy zöriqiş, asabiylik organizmda adrenalin va kortizol miqdorini oşiradi, bu esa yurakni zöriqtirib, infarkt xavfini kuçaytiradi. Tamaki va alkogol iste’moli ham yoşlarda bu kasallikning erta uyğonişiga olib kelayotgan omillardan biridir. Sigaret tarkibidagi nikotin va boşqa zararli moddalar qon tomirlarini toraytiradi. Tabiiyki, bu yurakka qon yetib borişini qiyinlaştiradi. Şuningdek, spirtli içimliklar ham qon bosimi oşişiga va yurak ritmining buzilişiga sabab böladi, dedi şifokor.
Xurşid Fozilov sözlariga köra, bu kasallikning oldini oliş uçun jismoniy faollik, töğri ovqatlaniş, zararli odatlardan voz keçiş talab etiladi.












