Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uç yildan köproq vaqt oldin Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruş boşlagan Rossiyani tinçlik kelişuvini ataylab keçiktirayotganlikda aybladi. «Afsuski, bir kundan ortiq vaqtdan beri dunyo bildirilgan takliflarga nisbatan Rossiya tomonidan mazmunli javob eşitmayapti. Va bu aynan Rossiya uruşni davom ettirişga intilayotganini va tinçlik boşlanişini imkon qadar keçiktirişga harakat qilişini yana bir bor tasdiqlaydi», deb yozdi u Telegramʼda 13 mart, payşanba kuni tuşdan keyin. U, şuningdek, «AQŞning bosimi Rossiyani uruşni tugatişga majbur qiliş uçun yetarli bölişiga» umid bildirdi.
Zelenskiy: Rossiya öt oçişni töxtatişdan boş torsa, Ukrainani mustahkamlaş kerak böladi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyani AQŞning Kiyev va Moskva örtasida 30 kunlik öt oçişni töxtatiş haqidagi taklifiga javob berişga çaqirdi. «Hammasi Rossiya öt oçişni töxtatiş va tinçlanişni xohlaydimi yoki odamlarni öldirişda davom etişni xohlaydimi, bunga boğliq», dedi u 12 mart kuni Kiyevda.
Avvalroq Ukraina 30 kunlik otaşkesimga rozi bölgan, endi esa Moskva öz javobini berişi kerak, dedi Zelenskiy.
Rossiya öt oçişni töxtatişdan boş torsa, AQŞ Ukrainani kuçaytirişga majbur böladi
Ukraina prezidenti agar Rossiya öt oçişni töxtatişdan boş torsa, Vaşingtondan «kuçli» munosabat kutişini qöşimça qildi. «Hozirça tafsilotlarni bilmayman, lekin biz sanksiyalar va Ukrainani mustahkamlaş haqida gapiryapmiz», — deya tuşuntirdi u. Zelenskiy hamon Moskvaga «işonmasligini» aytdi.
Bundan taşqari, Volodimir Zelenskiy Ukraina ittifoqçilari bilan 30 kunlik otaşkesim kuçga kirganidan keyin öz mamlakati uçun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilişga va’da berdi.









