Bolalar uchun IT-maktablar tarmog‘i MARS IT School jo‘shqin rivojlanishda davom etmoqda va yangi bosqichga chiqyapti. Miqyosni kengaytirish strategiyasi doirasida kompaniya 2025 yil yanvar oyida Juniorcode — dasturlashtirish o‘quv markazi, shuningdek, Robot Machines Robototexnika maktabini sotib oldi. Bu bitim MARS IT School mavqeyini mustahkamlabgina qolmay, Robototexnika bo‘yicha kurslarni qo‘shib, ta’lim dasturlarini kengaytirish imkonini ham berdi.

Kompaniyaning o‘sishi va yangi imkoniyatlar
O‘rta va yuqori sinf o‘quvchilariga dasturlashtirish, dizayn va sun’iy intellektni o‘qitishga ixtisoslashgan MARS IT School ikkita yirik o‘quv markazi — Juniorcode va Robot Machinesʼni sotib olganini e’lon qildi. Bir necha oy davomida bitim borasida muzokaralar o‘tkazildi va 2025 yil yanvarda tomonlar kelishuvga erishdilar.
Birlashuv natijasida MARS IT School o‘quvchilarining soni 2 000 nafardan 2 300 nafarga ko‘paydi. Bitim shartlarga muvofiq, Juniorcode asoschilari O‘zbekiston bozorini butunlay tark etishdi, Robot Machines faunderi esa top-menejer sifatida MARS IT Schoolʼga qo‘shildi. Shu bilan birga, ikkala markazning ham o‘qituvchilari o‘z mavqelarini saqlab qolishdi va ishlarini davom ettirishmoqda.
«Bizning maqsadimiz — O‘zbekistonda EdTechʼni rivojlantirayotgan xalqaro kompaniya yaratish va bolalar uchun IT-maktablar tarmog‘ini tuzishdir. Qo‘shilish bizga nafaqat miqyosni kengaytirishga, balki ta’lim yo‘nalishini kengaytirishga ham imkon beradi. Biz avval dasturlashtirish va dizayn asoslarga o‘qitgan bo‘lsak, endi Robototexnikani ham qo‘shyapmiz. Kelgusida — IT-mutaxassislar uchun ingliz tili va dasturchilar uchun matematika kurslarini ham qo‘shamiz», — deb bitimni sharhlaydi, MARS IT School hammuassisi Atxam Shaisayev.

Nega markazlarni sotib olish haqida qaror qabul qilingan edi?
Juniorcode va Robot Machines o‘zlarini muvaffaqiyatli o‘quv loyihalari sifatida namoyon qilishdi. Juniorcode — 21 mamlakatda 800 tadan ko‘p maktabga ega xalqaro franshiza bo‘lib, bu uni taniqli brendga aylantirgan. Robot Machines Robototexnikani o‘rgatish, ta’lim lagerlarini tashkil etish va shu sohada grant dasturlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan.
Bu maktablar bilan qo‘shilish MARS IT School o‘sishi strategiyasidagi mantiqiy qadam bo‘ldi. Bu rivojlanishni tezlashtirish, ta’lim sektorida mavqeni mustahkamlash va maktab o‘quvchilariga yangi imkoniyatlarni taklif qilishga ko‘maklashdi.









