Litva, agar NATO ittifoqçilari öz hududida yadro qurolini joylaştirişni taklif qilsa, konstitutsiyasini özgartiriş masalasini körib çiqişga tayyor. "Biz Litvada yadro qurolini yoki uning tarkibiy qismlarini joylaştiriş böyiça real rejalar kelib tuşsa, konstitutsiyani özgartiriş masalasini körib çiqişimiz mumkin", dedi mamlakat mudofaa vaziri Dovile Şakalene 14 mart, juma kuni bölib ötgan matbuot anjumanida.
Litva Konstitutsiyasining 137-moddasi uşbu davlat hududida ommaviy qirğin qurollari va xorijiy harbiy bazalarni joylaştirişni taqiqlaydi. Biroq, hali heç kim Vilnyusda yadroviy qurolni joylaştirişni taklif qilmagan, dedi Şakalene.
Litva kassetali öq-dorilar böyiça konvensiyadan rasman çiqdi
Litva uşbu turdagi qurollarni işlab çiqariş, foydalaniş va topşirişni taqiqlovçi kassetali öq-dorilar töğrisidagi konvensiyadan rasman çiqdi, deb xabar berdi Litva milliy radio va televideniyesi (LRT) 6 mart kuni.
Xalqaro şartnomadan çiqiş haqidagi qaror Litva parlamenti tomonidan 2024 yilning yozida qabul qilingan edi. Keyinçalik, Litva hukumati BMTga zarur hujjatlarni yubordi va şu bilan konvensiyadan çiqiş tartibini boşladi.
Kassetali öq-dorilar töğrisidagi konvensiya 2010 yilda kuçga kirgan, biroq qator davlatlar, jumladan, AQŞ, Rossiya va Xitoy hali unga a’zo bölmagan.








