Putin Kurskda salkam ğalabani e’lon qildi, Zelenskiy esa Kursk operatsiyasi tufayli Pokrovsk va Harkiv yönalişlarida vaziyat barqarorlaşganini ta’kidladi. Putin sulhni emas, abadiy tinçlikni hoxlaşini aytib, Ukrainaga vassallik şartlarini qöygan bir paytda, Tramp Putinni “erkalaş”da davom etmoqda. Uning jamoasi Ğazodan falastinliklarni köçiriş yöllarini izlaşda ham bardavom.

Ortda qolayotgan hafta jahon siyosatida yuz bergan muhim voqealar tahlili – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.

Siyosatşunoslar dastlab Trampning ğazoliklarni Sudan va Somaliga köçiriliş ehtimoli bilan boğliq xabarlarni tahlil qildi. 

Şu örinda arab davlatlari Trampga  bosim yoki ta’sir qiliş ehtimoliga ham töxtalişdi. 
Siyosiy tahlilçi Kamoliddin Rabbimovning fikriça “arab davlatlari Tramp Amerikasiga ta’sir qilişi mumkin, lekin bosim qiliş potensialiga ega emas. Arab monarxiyalari Ikkinçi jahon uruşidan keyin AQŞ mintaqadagi ittifoqçilari sifatida körildi, ğazoliklarni köçirişdan maqsad – Isroilga xavfsiz hudud hozirlaş. Biroq arab davlatlari biroz keskinroq harakat qildi va Tramp bayonotlariga qarşi çiqa olişdi. 
Bayden davrida Ğazoni tiklaş va vayronagarçilikni bartaraf etiş Isroil çekiga tuşayotgan edi, lekin Trampning keskin bayonotlari fonida arab davlatlari taşabbus qilib, sektorni qayta tiklaşni öz zimmasiga oldi”. 

Yaqin Şarqdagi yana bir ziddiyat alanga oliş çegarasiga yaqinlaşdi, biroq katta qurbonlar evaziga Suriyaning muvaqqat hukumati alaviylar isyonini bostirdi, deydi tahlilçi Bektoş Berdiyev. Şuningdek, siyosatşunos alaviylar Asad hukmronligi vaqtida hokimiyatning alohida imtiyozlari bilan kafolatlangan aholi qatlami ekanini ta’kidladi. Berdiyev fikriça “Suriyadagi hozirgi beqarorlikdan manfaatdor kuçlar bor, masalan, Asad hukumatining ittifoqdoşlari, aytaylik, Rossiya, Eron yoki Isroil. Mamlakatdagi alaviylar voqealar rivoji bunday şakllanişini kutmagan edi”.   

Putin Kurskda ğalabani e’lon qilar ekan, Zelenskiy Kursk operatsiyasi tufayli Pokrovskiy va Xarkov yönalişlarida vaziyat barqarorlaşganini ta’kidladi. Putinning Kurskka taşrifi haqidagi lavhalar köplab tahlilçilar orasida bahslarga ham sabab böldi. Çunki Ukraina tomoni hududda janglar davom etayotganini bildirgan bölsa, ikkinçi tomondan Moskva “minglab ukrain harbiylari asrda” degan iddaoni ilgari surgan edi. Siyosatşunos Anvar Yöldoşev fikriça Kurskda janglar deyarli töxtagan va bu yerda Kiyev katta yöqotişlarga uçragan.