Markaziy bank ma’lum qilişiça, bir gramm oltin narxi 1 million 272 ming 440 sömni taşkil etdi. Bu bir kun avvalgi narxdan 1,6 foizga yuqoridir. 

20 fevralda örnatilgan avvalgi rekordga nisbatan qimmatbaho metall narxi 0,6 foizga oşgan. Ikki yarim oy içida narxlar 12,4 foizga, yillik kölamda esa 41,4 foizga ösgan.

14 mart holatiga köra oltin quymalari narxi quyidagiça böldi:

  • 5 grammli oltin quyma — 6 million 362 ming söm;
  • 10 grammli oltin quyma — 12 million 724 ming söm;
  • 20 grammli oltin quyma — 25 million 449 ming söm;
  • 50 grammli oltin quyma — 63 million 622 ming söm;
  • 100 grammli oltin quyma — 127 million 224 ming söm.

Ma’lumot uçun, 100 grammli oltin quymalar Özbekistonda 2025 yil 17 yanvardan boşlab sotuvga çiqarilgan.