Özbekiston boş vaziri örinbosari Jamşid Xöjayev boşçiligidagi delegatsiya Moskvada bölib, Rossiya hukumati bilan Jahon savdo taşkilotiga a’zolik borasida muzokara ötkazdi.

Boş muzokaraçi Azizbek Urunovning ma’lum qilişiça, Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vaziri Maksim Reşetnikov bilan keçgan muzokaralarda ikki tomonlama bozorga kiriş böyiça “hal etilmagan masalalar” körib çiqilgan.

“Muzokaralar foydali, mazmunli va konstruktiv ötdi. Ayni paytda ikkala tomon ham oldinga siljişga intilmoqda. Qisqa vaqt içida taqdim etgan fayllarimizga tezkor reaksiya qilganliklari uçun rossiyalik hamkasblarga minnatdorçilik bildiraman”, – deya yozdi Urunov 14 mart kuni LinkedIn'dagi sahifasida.

Foto: Rossiya Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Rossiya Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, vazir Reşetnikov bu uçraşuvda Rossiya va Özbekiston prezidentlari örtasidagi kelişuvlar asosida “Rossiya gazi, nefti va neft mahsulotlarini yetkazib beriş oşib borayotgani”ni qayd etgan.

“Bu kontekstda Özbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilişga oid rejalaştirilgan loyihalarni amalga oşiriş muhimligi ta’kidlandi”, – deyiladi 12 mart kungi xabarda.

Reşetnikovning qöşimça qilişiça, ikki örtada oziq-ovqat mahsulotlari savdosida ösiş kuzatilgan va bu borada deyarli paritet kuzatilmoqda: Özbekiston Rossiyadan 1 mlrd dollarlik, Rossiya ham Özbekistondan salkam 1 mlrd dollarlik oziq-ovqatlar import qilmoqda.

Foto: Rossiya hukumati

Taşrif davomida boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev 11 mart kuni RF boş vazirining birinçi örinbosari Denis Manturov