Peruda politsiya bir neçta uyga zarar yetkazgan ğayrioddiy qoidabuzarni qölga oldi. Xodimlar tartibsizlik qilib, pul öğirlagan qoçqin maymunni uşladi. Bu haqda Peru örmon xöjaligi va yovvoyi tabiat milliy xizmati xabar berdi.

Ika şahri aholisi politsiyaga murojaat qilib, tomlar, daraxtlar va hatto elektr simlarida soçilib yotgan pullarni körganini xabar qilişgan. Keyin ma’lum bölişiça, öğrilik va tartibsizliklarni egasidan qoçib ketgan uy maymuni sodir etgan.

Gumonlanuvçi maymun (qora boşli erkak kaputsin) bir neçta uyga kirib, xonalarni ostin-ustun qilgan. Oxir-oqibat “jinoyatçi” qölga olinib, daraxtdan tuşirildi.

 Voqeani örganiş davomida rasmiylar jonivor mahalliy emasligini, balki Amazoniya hududlarida keng tarqalgan turga mansubligini aniqladi. Maymunning belidagi arqon izlari uning uyda boqilganidan dalolat berardi.

Rasmiylarning aytişiça, hayvon haddan taşqari qölga örganib qolgani tufayli politsiya uni yovvoyi tabiatga qöyib yuborişga jur’at etmagan. Hozirda maymun Ika şahridagi mahalliy hayvonot boğida saqlanmoqda. Jonivor u yerda qoladimi yoki boşqa qöriqxonaga köçiriladimi, hozirça noma’lum.