“Uy-joy hamda bino-inşootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlaş sohasini tubdan isloh qiliş hamda binolarning energiya samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi huzurida “Issiqlikta’minoti” AJ taşkil etiladi hamda vazirlikka issiqlik ta’minoti sohasida yagona davlat siyosatini yuritişni yuklanadi.
2025 yil 1 iyundan:
🔸moliyalaştiriş manbalaridan qat’i nazar qurilişda texnik şartlar olinişi talab qilinadigan bino-inşootlarni quriş hamda rekonstruksiya qilişni loyihalaştirişda uşbu obektlarning loyiha hujjatlarida binolarning öz ehtiyojlari uçun qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalari va muqobil issiqlik tizimlari hamda energiya tejovçi uskunalarni majburiy örnatiş talabi kiritiladi;
🔸köp kvartirali uy-joylar va binolarning içki issiqlik va issiq suv tarqatuvçi tizimlarining qurilişi, inşootlar va tarmoqlarda hisoblagiçlarning töliq örnatilişi majburiy hisoblanadi;
🔸 markazlaşgan issiqlik ta’minoti mavjud hududlarda yangi qurilayotgan köp kvartirali uy-joylar, ma’muriy binolar, ijtimoiy soha muassasalari, sanoat va tadbirkorlik sub’yektlari bino va inşootlarining issiqlik tarmoqlariga ulanişi majburiy hisoblanadi.







