AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putinning belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukaşenko bilan muzokaralari yakunlaşini 8 soat kutdi, deb xabar berdi Sky News. Şundan keyingina maxsus elçi Putin bilan uçraşdi.

«Oxir-oqibat, Putin Uitkoffga juda muhim şaxsiy vaqtini ajratdi, bunda allaqaçon qoronği tuşgan edi. Uçraşuv yopiq eşiklar ortida ötdi», deyiladi xabarda. Sky News uçraşuvni kuttiriş zaruratini Rossiya tomonining «klassik kuç öyini» deb atadi.

Stiv Uitkoff Moskvaga 13 mart kuni ertalab Ukraina va AQŞ Jiddadagi muzokaralardan ikki kun ötib yetib bordi. Unda Kiyev 30 kunlik otaşkesimga rozi böldi. Uşbu taklif Rossiya tomoni bilan ham muhokama qilinişi rejalaştirilgan edi. Vladimir Putin va Stiv Uitkoff örtasidagi muzokaralar yopiq eşiklar ortida ötdi. 14 mart kuni ertalab Uitkoff Moskvani tark etdi.

Uitkoff bilan Putin uçraşuvining natijalari oşkor etilmadi.

Donald Trampning maxsus vakili bilan uçraşişdan oldin Putin Ukrainadagi harbiy harakatlarni töxtatişga roziligini, biroq bu uzoq muddatli tinçlikka olib kelişi şarti bilan ekanini aytdi.