Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) Kursk oblastida özining asosiy vazifasini bajardi — Rossiya qöşinlari kuçini frontning boşqa yönalişlaridan çalğitdi. Bu haqda Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Ukraina prezidenti Kursk oblastidagi vaziyat «juda murakkab ekanini» tan oldi. Zelenskiyga köra, UQKning frontni mazkur hududidagi vaziyasi RF qöşinlarini Pokrovsk, Xarkiv va Sumi yönalişidan çalğitiş bölgan.
«Kuçli zarbani zimmasiga olgan yigitlarimiz haqiqiy qahramonlardir. Birinçi bölib bosim Xarkiv yönalişida kamaydi. Ular [Rossiya] öz qöşinlarini maksimal darajada Kurşina tomon olib ketdi. Keyin ular şarqiy yönalişdan ham qöşinlarni olib çiqişni boşladi, ammo özining asosiy maqsadi – Pokrovskdan voz keçmadi. Biz bularning barçasini tuşunardik. Faqat vaziyatni anglab turgan qat’iyatli odamlar qandaydir lahzada rossiyaliklar Pokrovsk yönalişida töxtaşini tuşunib turardi. Aynan şunday böldi ham», — deydi Zelenskiy.
Ukraina prezidentining sözlariga köra, hozirda Pokrovsk va Xarkiv yönalişlarida vaziyat «barqarorlaşgan».
«Men ular [UQKning Kursk oblastidagi operatsiyasi] öz vazifasini bajarib böldi, deb hisoblayman. Pokrovsk yönalişidagi vaziyat hozirda barqaror va unga hujum qiliş uçun yana imkoniyat topiş oson bölmaydi, deb öylayman», — deydi Zelenskiy.
UQK Kursk oblastidagi operatsiyasini 2024 yil avgustda boşlab, mintaqadagi bir neçta aholi punktini egallagan edi. Mart boşlaridan RF qöşinlari 20 dan ortiq aholi punktini nazorat ostiga oldi. Şu bilan birga, Rossiya hukumati Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylar qurşovda qolganini ta’kidlamoqda. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp ham ma’lum qildi. UQK Boş ştabi uşbu xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qildi.
Öz navbatida Rossiya Trampning iltimosiga binoan Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylarining hayotini saqlab qolişga tayyorligini, faqat Kiyev ularga taslim bölişni buyurişi kerakligini aytdi.









