Xitoy, Rossiya va Eron birgalikda AQŞ va boşqa davlatlarni Tehronga qarşi yadroviy dasturi tufayli joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilişga çaqirdi. Bu haqda 14 mart, juma kuni Pekinda bölib ötgan uç tomonlama uçraşuv yakunlari böyiça tegişli bayonot berildi. Muzokaralarda Xitoy taşqi işlar vaziri örinbosari Ma Çjaoxu, Rossiya Federatsiyasi taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Ryabkov va Eron taşqi işlar vaziri örinbosari Kazem Ğarib-Abadiy iştirok etdi.
Rossiya Taşqi işlar vazirligi saytida çop etilgan qöşma bayonotda Xitoy, Rossiya va Eron Eron yadro dasturi böyiça «çuqur muhokamalar» ötkazgani va barça «noqonuniy bir tomonlama sanksiyalar»ni töxtatiş zarurligini ta’kidlagan. Uç mamlakat siyosiy va diplomatik aloqalar, şuningdek, manfaatlarga özaro hurmatga asoslangan muloqot vaziyatni hal qilişning «yagona hayotiy va samarali varianti» bölib qolayotganini yana bir bor tasdiqladi.
Uçraşuv iştirokçilari, şuningdek, 2015 yilda kelişilgan Eron yadroviy bitimini ratifikatsiya qilgan BMT Xavfsizlik Kengaşining 2231-rezolyutsiyasini amalga oşiriş muhimligini ta’kidladilar. Ular Eron yadroviy muammosi atrofida vaziyatning keskinlaşuviga olib keladigan har qanday harakatlardan tiyilişga va diplomatik sa’y-harakatlar uçun «qulay muhit va şart-şaroit» yaratişga çaqirdi.
Bundan taşqari, uç davlat Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnomaga rioya qiliş muhimligini qayd etdi. Xitoy va Rossiya «Eronning yadroviy dasturi sof tinç maqsadlarga qaratilganligi va yadroviy qurol işlab çiqarişni maqsad qilgani yöqligini tasdiqlaşini olqişladi», deyiladi bayonotda. Yiğiliş iştirokçilari, şuningdek, barça mamlakatlarni Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik faoliyatiga tösqinlik qilmaslikka çaqirdi.








