Yevropa Ittifoqi 30 kunlik otaşkesimga erişilsa, Ukrainaga qurol yetkazib berişni töxtatmoqçi emas. Bunday fikrni 14 mart, juma kuni Yevropa Ittifoqi taşqi işlar kengaşi yiğilişi oldidan Yevropa Ittifoqining bir qança davlatlaridan kelgan qator diplomatlar bildirişdi.

«Yevropa Ittifoqi Ukrainaning tinçlik muzokaralarida eng kuçli pozitsiyada bölişini ta’minlaşga intilmoqda, şuningdek, Tramp aytganidek «yomon» kelişuvdan voz keçib, muzokaralar uçun eng qulay vaqtni tanlaşi mumkin. Agar tajovuzkor buni talab qilsa, Yevropa Ittifoqi va uning a’zolari Kiyevga qurol yetkazib berişni töxtatadi, deb öylamayman», — dedi Bryusseldagi brifingda yevropalik diplomat.

Yana bir diplomat, şuningdek, potensial öt oçişni töxtatiş vaqtida Ukraina qurollangan bölişi kerakligini va heç qanday holatga yöl qöyib bölmasligini ta’kidlab ötdi.

Yevrokomissiya rahbari Yevropa xavfsizligi uçun «buriliş nuqtasi»ni körmoqda

Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen AQŞ Ukrainaga harbiy yordamni töxtatib qöyayotgan bir paytda Yevropa va Ukraina xavfsizligi «buriliş nuqtasida» ekanini aytdi. Vaziyat öta xavfli, dedi fon der Lyayyen 6 mart kuni Bryusselda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Yevropa Ittifoqi kengaşi rahbari Antonio Koşta bilan Yevropa Ittifoqining mudofaa böyiça inqiroz sammiti oçilişi oldidan sözlagan nutqida.

«Bu Yevropa uçun hal qiluvçi lahza. Yevropa aniq tahdid bilan yuzma-yuz turibdi va şuning uçun u özini himoya qila olişi kerak, biz Ukrainaga özini himoya qiliş va mustahkam, adolatli tinçlik uçun kuraşiş imkoniyatini berişimiz kerak», — deya ta’kidladi Yevrokomissiya rahbari. Şu munosabat bilan u YeI mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlariga qayta qurollaniş rejasini taqdim etdi, uning sözlariga köra, bu 800 milliard yevrogaça mablağ jalb qiliş imkonini beradi.

Fon der Lyayyen a’zo davlatlarni qayta qurollaniş sohasida qöllab-quvvatlaş uçun «Yevropa Ittifoqini moliyalaştirişning yangi mexanizmi»ni taklif qildi. Uşbu vosita 150 milliard yevro miqdoridagi kreditlarni öz içiga olişi kerak, ular Yevropa Ittifoqi budjeti tomonidan kafolatlanadi. U, şuningdek, tört yil davomida Yevropa budjeti qoidalarini vaqtinça yumşatişga çaqirdi.