Missuri ştati yöl patruli Ozark, Batler, Ueyn va Jyefferson okruglarida 12 kişining ölimini tasdiqladi.

Kanzasda çang tözoni paytida sodir bölgan avtohalokatlar oqibatida 8 kişi halok böldi, deb xabar bermoqda CBS telekanali ştat jamoat xavfsizligi departamentiga tayanib. Şunday yöl-transport hodisalari Missisipida tört, Texasda uç, Oklahomada bir kişi umriga zomin bölgan.

Arkanzas ştati favqulodda vaziyatlar boşqarmasi uç kişi halok bölgani va 32 kişi yaralangani haqida xabar berdi va bu dastlabki ma’lumotlar ekanini ta’kidladi.

Foto: Oklahoma Highway Patrol/Facebook

Tennessi va Missuri ştatlarida rasmiylar yangi tornadolar xavfi haqida ogohlantirdi. Şuningdek, çaqmoq çaqişi va kuçli şamol bölişi kutilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar xodimlari tomonidan olingan suratlarda şikastlangan binolar va ağdarilgan yuk maşinalarini köriş mumkin.

Bir kişi halok bölgan Batler okrugida yana bir neça ölim holatlari röyxatga olingan, bir neça kişi evakuatsiya qilingan. Bugun mintaqaga yangi tornadolar yopirilişi kutilmoqda.

Foto: Missouri State Highway Patrol
Foto: Missouri State Highway Patrol

Jorjiyada gubernator Brayan Kemp mahalliy aholini yanada yomon ob-havoga «tayyor turiş»ga çaqirib, favqulodda holat e’lon qildi.

Arkanzas gubernatori Sara Hakabi Sanders ham favqulodda holat e’lon qildi.

«Arkanzasga kuçli momaqaldiroq va tornado yopirildi va butun ştat böylab xavf, qiyinçilik va azob-uqubatlarni keltirib çiqarişda davom etmoqda, bu esa uşbu çoralarni talab etadi», - deyiladi uning bayonotida.

Milliy meteorologiya xizmatining Ob-havoni prognoz qiliş markazi ma’lumotlariga köra, «kuçli momaqaldiroqlar» çaqmoq, kuçli şamol, döl va yangi tornadolarni olib kelişi mumkin.