Çirçiq şahrida kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari savdosi bilan şuğullanib kelgan şaxs uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Çirçiq şahri bölimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.P. fuqaro B.R.ga tarkibida kuçli ta’sir qiluvçi moddasi mavjud 18 turdagi 7 129 dona dori vositalarini 5 050 AQŞ dollariga sotgan vaqtida uşlangan.
Tadbir davom ettirilib, A.P.ning xonadoni közdan keçirilganda, u yerda turli nomdagi 19 974 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini sotiş maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, jami 27 103 dona dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuçli ta’sir qiluvçi moddalarni tarğib qiluvçi mahsulotni tayyorlaş, tarqatiş, reklama qiliş, namoyiş etiş yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.








