Vaşingtonning Yevropa ittifoqçilariga nisbatan munosabati sovuqlaşgan bir paytda Parij öz yadro salohiyatini butun qit’a xavfsizligi uçun işlatişga tayyorligini bildirmoqda. Ammo bu himoyadan qaysi mamlakatlar foydalana olişi noma’lum.
«Biz yadroviy tiyib turuvçi qurollarimiz bilan himoyalanamiz. U keng qamrovli, suveren va töliq fransuzça, — dedi Makron. — Biroq men Yevropa qit’asidagi ittifoqçilarimizni yadroviy tiyib turuvçi vositalarimiz orqali himoya qiliş borasida strategik muhokamalarni boşlaşga qaror qildim».
Makron bu bayonotni XDI/XSI nomzodi bölgan Fridrix Mersning AQŞning NATO böyiça öz majburiyatlarini bajarmasligiga tayyorlaniş lozimligi haqidagi sözlariga javoban bildirgan. Mers Buyuk Britaniya va Fransiya bilan butun qit’ani qamrab oladigan yadroviy himoyani muhokama qilişni taklif qilgan edi. Uşbu mamlakatlar Yevropada Rossiyadan taşqari öz yadroviy qurollariga ega yagona davlatlardir.
Ukrainada keng kölamli uruş boşlanganidan söng Yevropa murakkab vaziyatda qoldi, qit’adagi qurol-yaroğ zaxiralari, harbiy-sanoat kompleksi va qurolli kuçlar Rossiya tomonidan kelayotgan tahdidlarga töla javob bera olmasligi ayon böldi.
Yevropa öz xavfsizlik tizimini qayta isloh qilişga AQŞda Donald Tramp hokimiyatga kelişidan avvalroq kirişgandi. Biroq Tramp ma’muriyati va uning bayonotlari Yevropa davlatlarini tezroq harakat qilişga majbur qildi. Jumladan, AQŞ oçiqçasiga Yevropani Rossiya tahdididan himoya qilişga kamroq jalb etilişi mumkinligi haqida gapira boşladi.
«Keskin strategik vaziyat AQŞga birinçi navbatda Yevropaning xavfsizligiga e’tibor qaratişga yöl qöymaydi. AQŞ öz hududidagi bilvosita tahdidlarga duç kelmoqda. Biz öz çegaralarimizning xavfsizligiga e’tibor qaratişga majburmiz va aynan şunday qilyapmiz», — dedi AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset fevralning örtasida.
«Yevropada yadroviy yetakçilikka da’vo»
Makronning bayonoti umumiy mazmunda bölib, yadroviy tiyib turiş yuridik tarzda qanday rasmiylaştirilişi va amalda qöllab-quvvatlanişi borasida hozirça biror aniqlik yöq.
Şuningdek, uning sözlari yadroviy himoya borasida xalqaro jamoatçilik qançalik jiddiy yondaşuvda ekanini körsatdi. Bu mavzudagi muhokamalarni boşlaş va ilk munosabatlarni şakllantiriş uçun umumiy bayonotning özi yetarli böldi.
Litva prezidenti Gitanas Nauseda Makronning taklifini qöllab-quvvatlab, «Fransiya prezidenti Emmanuel Makron taklif etgan yadroviy himoya Rossiya uçun jiddiy tiyib turiş vositasi bölişi mumkin», — deya fikr bildirdi.










