AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 16 mart kuni XVIII asrdagi uruş davrida amal qiladigan qonundan foydalangan holda venesuelalik mafiya a’zolarining deportatsiya etilişini e’lon qildi. Vaholanki, sud bu qonunni vaqtinçalik töxtatib qöygan edi, deb yozdi The Wall Street Journal.

16 mart kuni sudya Jyeyms Bosberg prezidentga AQŞ qamoqxonasidagi çet el fuqarolarini deportatsiya qiliş uçun «Duşmanlik ruhidagi xorijliklar» qonunidan foydalanişni taqiqlagan edi.

Sud mahkamasida Amerika fuqarolari erkinliklari ittifoqi (ACLU) advokati Li Gelernt venesuelaliklar ortilgan ikkita samolyot allaqaçon Qöşma Ştatlarni tark etganini aytdi. Sudya bu samolyotlarni zudlik bilan Qöşma Ştatlarga qaytarişni buyurdi.

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livitt prezident ma’muriyati sud buyruğini «bajarişdan boş tortmaganini» aytdi va buyruq «terrorçilar AQŞ hududidan çiqarib yuborilganidan keyin» berilganini ta’kidladi. Manbalarga köra, Oq uyning yuqori martabali amaldorlari sud qarorini qanday bajariş haqida qaror qabul qiliş uçun yiğilgan, ammo, baribir öz rejalarini amalga oşirişda davom etişga qaror qilgan.

17 mart kuni Davlat kotibi Marko Rubio Salvadorning Tren de Aragua jinoiy guruhi a’zolari deportatsiya qilinganini aytdi. Tramp ma’muriyati bildirişnomasida Tren de Aragua guruhi «Amerika Qöşma Ştatlariga qarşi töğridan-töğri va Venesueladagi Maduro rejimining körsatmasi bilan duşmanlik harakatlari va tartibsiz uruş olib borayotgani» ta’kidlanadi.

«Duşmanlik ruhidagi xorijliklar» töğrisidagi 1798 yilda qabul qilingan qonun prezidentga uruş paytida AQŞga duşman hisoblangan mamlakatlar fuqarolarini deportatsiya qiliş imkonini beradi. Bu qonun sönggi marta Ikkinçi jahon uruşi paytida qöllangan.