Senat yalpi majlisida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga yöllarda harakatlaniş xavfsizligini ta’minlaşga hamda jamoat transportidan foydalaniş samaradorligini oşirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi qonun körib çiqildi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, mamlakatda tirbandlik masalasi aholi uçun, ayniqsa, poytaxtda eng dolzarb muammoga aylanmoqda. Sönggi 2-3 yilda Toşkent şahrida 7-9 balli tirbandliklar har kuni kuzatilayotgan bölsa, ayrim vaqtlarda mazkur holat 10 ballgaça kötarilmoqda. Bu esa yöllarda asabiy va ziddiyatli holatlariga, yölovçi hamda haydovçilarning soatlab vaqt sarflaşiga sabab bölmoqda.

Şu bois yöllarda tirbandlikni kamaytiriş hamda aholiga qulayliklar yaratiş maqsadida jamoat transportiga ustuvorlik beriş yönalişida amaliy çoralar körilmoqda.

Xususan, Toşkent şahrida avtobuslar soni sönggi 2 yilda 2 barobarga oşgan. Ular uçun alohida yölaklar taşkil etilişi natijasida avtobuslarning qatnovdagi oraliq intervali 2 barobarga qisqargan. Yölovçilar soni 2 barobarga ösib, kunlik foydalanuvçilar soni 1 mln yölovçiga yetgan.

Biroq qonunçilikdagi böşliqlar jamoat transportidan foydalanişning samaradorligini jiddiy pasayişi, qatnov muntazamligi va jamoat transportining erkin harakatlanişiga salbiy ta’sir körsatayotgani ta’kidlandi. Şahar avtomobil yöllarida jamoat transporti uçun alohida yölaklar ajratilib, boşqa transport vositalarining harakati taqiqlangan bölsa-da, ularning uşbu yölaklarda harakatlaniş davom etmoqda.

Amaldagi qonunçilikda jamoat transporti uçun alohida ajratilgan yölaklarda harakatlangan transport vositalari haydovçilari uçun javobgarlik çoralari nazarda tutilmagan.

Şu bilan birga, haydovçilarning transport vositalarini velosiped yölaklari, trotuarlar hamda yaşil hudud maydonlarida boşqarişi köplab kuzatilmoqda va uşbu hududlarda harakat qatnaşçilarining xavfsizligini işonçli ta’minlaşga salbiy ta’sir körsatmoqda.

Yöllarda harakatlaniş xavfsizligini ta’minlaşga salbiy ta’sir körsatuvçi omillardan yana biri noqonuniy ravişda sun’iy tösiqlar örnatiş, yölni tösib qöyiş holatlaridir.

Fuqarolar öz yaşaş hududlaridagi köçalarda noqonuniy ravişda sun’iy tösiqlar örnatişi, yölni tösib qöyiş orqali harakatlanişni çeklagan holda aholiga şoşilinç xizmat körsatuvçi hamda maxsus transport vositalari harakatiga tösqinlik qilmoqda.