Portfolio Investmens kompaniyasi uşbu bitimlar böyiça sohaviy yondaşuvga köra Davaktiv agentligining xususiylaştiriş böyiça maslahatçisi hisoblanadi.

Uzsungwoo MÇJ — avtomobil sanoati uçun ştamplaş va payvandlaş texnologiyalari asosida metall qismlar işlab çiqaruvçi yetakçi korxonalardan biri bölib, 2011 yili “Özavtosanoat” AJ va Janubiy Koreyaning Sungwoo Hitech Co Ltd. hamda I-Zone Co Ltd. kompaniyalari bilan hamkorlikda taşkil etilgan. Işlab çiqariş maydoni 60 500 kv m bölib, 1000 dan ortiq xodim işlaydi, yillik quvvati esa 120 ming töplamni taşkil etadi. 2022 yilda zavodda Markaziy Osiyo va MDH mintaqasida yagona bölgan issiq ştamplaş texnologiyasi joriy etildi. Bugungi kunda kompaniya Chevrolet Cobalt, Gentra, Tracker va Onix modellari uçun ehtiyot qismlar yetkazib beradi hamda xalqaro IATF 16949 sifat standartlariga muvofiq işlab çiqariş jarayonlarini yölga qöygan.

Avto Climate Control MÇJ - 2010 yilda “Özavtosanoat” AJ va Janubiy Koreyaning ERAE CS LIMITED (Janubiy Koreya) kompaniyalari bilan hamkorlikda taşkil etilgan bölib, asosiy faoliyati avtomobillar uçun isitiş va sovitiş tizimlarini işlab çiqarişdan iborat. 

Uz truck and Bus Motors MÇJ — 2009 yilda taşkil etilgan bölib, Markaziy Osiyo mintaqasida MAN va HOWO (Sinotruk) brendlari ostida yuk maşinalari va yölovçi texnikasini işlab çiqaruvçi korxona hisoblanadi. Yuk maşinalarining model qatori 60 dan ortiq turdagi transport vositalarini öz içiga oladi, jumladan, tyagaçlar, avtosamosvallar, furgonlar, maxsus texnika, yuk kötariş quvvati 5 tonnadan 70 tonnagaça bölgan yuk maşinalari, şuningdek, şahar va şaharlararo avtobuslar.

Sotiş jarayonlari barça manfaatdor tomonlar uçun oçiq bölgan muzokaralarga ommaviy ravişda taklif qiliş usuli asosida taşkil etiladi.

Savdo jarayonlari har bir aktiv böyiça alohida-alohida ikki bosqiçda amalga oşiriladi, jumladan sotib oliş böyiça qiziqiş bildiriş (Expression of Interest) hamda Majburiyatga ega bölgan taklif (BO) taqdim etiş bosqiçlari, yakuniy bosqiçda talabgorlar tomonidan taklif etiladigan qat’iy narx taklifining kamida 1 foizini kafolatli tölov sifatida amalga oşirilişi belgilanadi.