Mobil geyming 2025 yilda yangi orbitaga ko‘tarildi, chunki ASUS ROG 2025 yilda nafaqat noutbuklar lineykasini yangiladi, balki mobil unumdorlikda ham sakrashni amalga oshirdi. Uning ichida ilg‘or texnologiyalar ittifoqi: Intel Core Ultra yoki AMD Ryzen protsessorlari, shuningdek, CES 2025ʼda debyut qilgan 50-seriyadagi NVIDIA GeForce RTX videokartalari mavjud. Ushbu sinergiya ROG 2025 noutbuklarini kibersport cho‘qqilarini zabt etishdan tortib professional video montajgacha bo‘lgan har qanday vazifani bajara oladigan universal boshqaruv markazlariga aylantiradi.

O‘zbekistonda ushbu texnologik durdonalar uchun oldindan buyurtma ochilgan. ASUS shunchaki noutbuk sotib olishni emas, balki innovatsiyalar va sifatni qadrlaydigan jamiyatning bir qismi bo‘lishni taklif qiladi. Oldindan buyurtma nafaqat eng yangi qurilmalarni olish imkonini, balki xarid uchun chegirmani ham o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, ROG qurilmalarini sotib olib, keyinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish orqali ishtirokchilar uchun maxsus takliflarni o‘z ichiga olgan ROG Elite sodiqlik dasturidan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi.
ROG Strix SCAR 16 va SCAR 18: g‘alaba uchun moslashtirilgan mobil jang platformasi

ASUS ROG 2025 yilda nafaqat yangilanishni taqdim etdi, balki ROG Strix SCAR 16 va SCAR 18 ko‘rinishidagi mobil hisoblash blokini ham yaratdi – unda har bir komponent maksimal samaradorlik uchun optimallashtirilgan. RGB yoritgichli korpusning yangi dizayni nafaqat estetika, balki quvvat ko‘rsatkichidir. Komponentlarga kirishning innovatsion tizimi nafaqat qulaylik, balki tezkor modernizatsiya qilish imkoniyatini beradi. ACR texnologiyasiga ega displey shunchaki vizualizatsiya emas, balki taktik ustunlikka erishish vositasidir.

Flagmanlar ichida – eng yaxshi texnologiyalar birlashmasi: Intel Core Ultra 9 275HX protsessorlari va NVIDIA GeForce RTX 5090 videokartalari. Bunday hisoblash kompleksi har qanday vazifani bajarishga qodir – murakkab 3D sahnalarni renderlashdan tortib kibersport janglarigacha. Geymerlar esa DLSS 4 va kadrlar generatsiyasiga baho berishadi: bu texnologiyalar tufayli maksimal grafik samaradorlikka erishish kafolatlangan. Tezkor javob tizimi esa 64 Gb tezkor xotira va 2 TB SSD xotira bilan ta’minlangan.






















