Ukraina bosqini tufayli Ğarbning Rossiyaga qöygan sanksiyalari bekor qilinişi mumkin, agar bu Ukraina xavfsizligini ta’minlaşga yordam bersa. Bu haqda Ukraina prezidentining sanksiyalar böyiça vakili Vladislav Vlasyuk Politico naşriga ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, xorijiy biznesning Rossiya bozoriga qaytişi «vaqt masalasidir». Ammo bu tegişli şaroitlarda sodir bölişi kerak. Kiritilgan çeklovlar «faqat jazo emas», dedi Vlasyuk. Sanksiyalarning maqsadi, boşqa narsalar qatori, «Rossiyani öz tajovuzkorligini töxtatişga undaş va uni mustahkam tinçlik böyiça bitim tuzişga majbur qiliş».

Ayni paytda, ukrainalik rasmiyning sözlariga köra, kelişuvlarga qanday sanksiyalar kiritilişi mumkinligi haqida gapirişga hali erta. «Hozir biz Rossiya avvalo bu yönalişda muhim qadamlar taşlaşiga işonç hosil qilmoqçimiz, keyin esa sanksiyalarni bekor qiliş haqida gaplaşiş mumkin», dedi Vlasyuk.

Uning aytişiça, Rossiya vakillari allaqaçon ma’lum çeklovlarni olib taşlaş mumkinmi yoki yöqligini aniqlaşga harakat qilmoqda. «Bu bizga qaysi sanksiyalar eng oğriqli ekanini yaxşiroq tuşuniş imkonini beradi. <…> Biz bu tutqiçdan oqilona foydalanişimiz kerak», deb qöşimça qildi u.

«Ukraina xavfsizligini kafolatlaydigan har qanday uzoq muddatli kelişuvning bir qismi sifatida Kiyev öz xalqi uçun adolat izlaydi, ehtimol ukrainaliklar uçun tovon pulini talab qiladi», dedi Vlasyuk.

Ğarb naşrlarining yozişiça, AQŞ prezidenti Donald Trampning maslahatçilari allaqaçon Rossiyaga qarşi sanksiyalarni yumşatiş variantlari ustida işlamoqda. Çeklovlarni yumşatişning asosiy şarti Moskvaning Kiyev bilan tinçlik bitimini tuzişga roziligidir. Rad etilsa, Tramp Rossiyaga «keng kölamli sanksiyalar» bilan tahdid qildi.

Rossiya va Ukraina örtasida tinçlik örnatiş yölidagi dastlabki qadamlar doirasida Qöşma Ştatlar tomonlarga frontda 30 kunlik otaşkesim joriy etişni taklif qildi. Ukraina hukumati bu taklifni qöllab-quvvatladi. Vladimir Putin, umuman olganda, Rossiya AQŞ taşabbusini qöllab-quvvatlaşini, biroq «nyuanslar» va muhokama qilişni talab qiladigan masalalar borligini aytdi.

AQŞ Putinning bu bayonotini «umidli, ammo töliq emas» deb atadi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning reaksiyasini «manipulyatsiya» va rad etişga tayyorlaniş deb atadi. U Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar joriy etişga çaqirdi.