Yevroparlament a’zosi Rafael Glyuksman AQŞ rasmiylaridan Ozodlik haykalini Fransiyaga qaytarişni talab qildi. Hozirgi ma’muriyat va AQŞ prezidenti öz qarorlari bilan erkinlik qadriyatlari ularga yaqin emasligini körsatmoqda. Siyosatçining 17 mart, yakşanba kungi nutqidan parçalarni AFP agentligi keltirgan.
Ukrainani faol qöllab-quvvatlayotgan Glyuksmann öz nutqida Vaşingtonni Moskvaga yaqinlaşayotgani uçun qoraladi. Uning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar «zolimlar tomoniga ötişga qaror qilgan». Fransuz siyosatçisi, şuningdek, Donald Tramp ma’muriyatini ilmiy erkinligini ta’kidlagan olimlarni işdan haydagani uçun ham tanqid qildi.
Şu munosabat bilan Yevroparlament deputati AQŞni Ozodlik haykalini qaytarişga çaqirdi. «Biz uni sizga berdik, lekin siz uni mensimayapsiz», dedi u amerikaliklarga murojaat qilib.
Ozodlik haykali Fransiyada haykaltaroş Ogyust Bartoldi rahbarligida yaratilgan. U fransuzlar amerikaliklarni qöllab-quvvatlagan Amerika inqilobiy uruşining 100 yilligi şarafiga Fransiyaning AQŞga sovğasi edi.
46 metr balandlikdagi mis haykal 1886 yilda Nyu-Yorkdagi Ozodlik orolida oçilgan. Bir vaqtlar yaqin atrofdagi Ellis-Aylend orolida Qöşma Ştatlarga kirişni kutgan millionlab muhojirlar uçun u yaxşiroq hayotga umid ramzi edi, deya ta’kidlaydi AFP.
Tramp AQŞ Grenlandiyani qöşib olişiga işonyapti
Amerika Qöşma Ştatlari Grenlandiyani anneksiya qiladi, Donald Trampning bunga işonçi komil. 13 mart kuni Oq uyda NATO boş kotibi Mark Ryutte bilan uçraşuvda AQŞ prezidenti orolning anneksiya qilinişi mumkinligi haqidagi savolga «Öylaymanki, şunday böladi», deb javob berdi. «Bizga bu (Grenlandiya) xalqaro xavfsizlik uçun kerak», deb tuşuntirdi Tramp. U, şuningdek, Ryutte Grenlandiyaning AQŞga qöşilişida «muhim rol» öynaşiga işonç bildirdi.
Öz navbatida, Mark Ryutte «NATOni bu masala böyiça muhokamalarga tortmoqçi emasligini» aytdi, lekin Rossiya va Xitoyning uşbu mintaqaga qiziqişi ortib borayotganligi sababli Arktika xavfsizligi uçun Grenlandiya muhimligini tan oldi.
Grenlandiyani öz içiga olgan Daniya parlamentining mudofaa qömitasi raisi Rasmus Yarlov özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida AQŞning orolga da’volari «ikki NATO davlati örtasida uruşga» olib kelişi mumkinligini yozdi va Mark Ryuttening Tramp bilan uçraşuvdagi xatti-harakatlarini ham tanqid qildi. «Grenlandiya Daniyadan darhol mustaqillikka qarşi ovoz berdi va heç qaçon Amerikaniki bölişni xohlamaydi», deya qöşimça qildi Yarlov.












