Amerikalik professor Martin Bekker Nyu-Jyersi universiteti ustidan sudga arz qildi. Uning aytişiça, universitet xodimlarining e’tiborsizligi tufayli 380 million yillik toşqoldiqlar çiqindixonaga taşlab yuborilgan, deb yozmoqda NBC News.

Bekker hamkasbi bilan birgalikda qadimgi dengiz umurtqasizlarining toşga aylangan qoldiqlari haqida keng qamrovli monografiya yozişni rejalaştirgan edi. Da’vo arizasida qayd etilişiça, professor uşbu qoldiqlarni töplaş uçun “yuz soatlab” vaqt sarflagan.

Olim loyiha ustida işni davom ettiriş uçun töplamni hamkasbiga jönatişi kerak edi. U namunalarning 80 foizini töqqiz kilogrammdan yigirma yetti kilogrammgaça bölgan ön töqqizta qutiga joylagan va öşa kunning özida ularni universitet poçta bölimiga yetkazgan.

UPS transport kompaniyasi 18 iyun kuni qutilarni olib ketgan. Bir neça haftadan söng, Bekkerning hamkasbi jönatmani hali ham olmaganini ma’lum qilgan. 20 sentabr kuni olim jönatma UPS kompaniyasining firibgarlikka qarşi kuraş bölimida bölişi mumkinligini aniqlagan.

Professor 30 sentabr kuni töğridan töğri kompaniya bilan boğlandi. Ma’lum bölişiça, universitet tölovlarni amalga oşirmagani sababli uning jönatmasi uşlab qolingan, söng muassasaning buyurtmasi bekor qilinib, qutilar “Neşvilldagi noma’lum çiqindixonaga” taşlab yuborilgan.

Martin Bekker universitetdan kolleksiya uçun yetkazilgan zararni, şuningdek, u boşdan keçirgan stress uçun tibbiy xarajatlarni qoplaşni talab qilmoqda.