Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas 18 mart kuni Buyuk Britaniya taşqi işlar va mudofaa vazirlari bilan «Rossiyaga bosimni kuçaytiriş va Ukrainada adolatli va mustahkam tinçlik örnatiş yöllarini» muhokama qiliş uçun Londonga keladi», deb xabar berdi Britaniya hukumati 17 mart, duşanba kuni keçqurun.
Bölajak muzokaralar press-relizda «Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi munosabatlaridagi yangi davrning bir qismi» sifatida tasvirlangan. Ular «Ukraina böyiça hamkorlikni muvofiqlaştiriş, iqtisodiy bosimni oşiriş va Rossiya Ukrainaga yetkazayotgan zararni qoplaşni ta’minlaş, şuningdek, kiberhujumlar, saylovlarga aralaşiş va Rossiyaning keng tarqalgan dezinformatsiyasi kabi gibrid tahdidlarga qarşi çoralarni kuçaytirişga qaratilgan sa’y-harakatlarni muhokama qilişga» e’tibor qaratadi», deya ma’lum qildi London.
Bundan taşqari, Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Lemmi va Kaya Kallas «Yevropada mudofaa xarajatlarini, jumladan, innovatsion taşabbuslar orqali oşiriş va NATOni qöllab-quvvatlaş maqsadida jangovar tayyorgarlikni oşiriş masalalarini» körib çiqadi», deyiladi hujjatda. Bloomberg ma’lumotlariga köra, ular, xususan, YeIning Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga mudofaa uskunalariga 150 milliard yevro miqdorida kredit mablağlarini yönaltirişga ruxsat beriş haqidagi taklifini muhokama qiladi. Agentlik manbalariga köra, mablağlar Buyuk Britaniya, Norvegiya va Şveytsariya kabi Yevropa Ittifoqiga a’zo bölmagan mamlakatlardan qurol sotib olişga sarflanişi mumkin.
Rossiya Ukrainaga ğarb tinçlikparvar kuçlari kelişiga yana qarşi çiqdi
Moskva öt oçiş töxtatilgan taqdirda Ukrainaga NATO va Yevropa Ittifoqi davlatlarining tinçlikparvar kuçlarini yuboriş ehtimoli muhokama qilinayotganini «nomaqbul va bema’ni» deb hisoblaşda davom etmoqda. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vazirligi rahbari örinbosari Aleksandr Gruşko 17 mart kuni çop etilgan «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Rossiya Taşqi işlar vazirligi vakilining sözlariga köra, Moskvaga «NATO kontingentlari Ukraina hududiga qanday yorliq ostida joylaştirilişi mumkinligi umuman qiziq emas: u Yevropa Ittifoqi, NATO yoki milliy maqomda bölsa ham».
«Agar ular öşa yerda paydo bölsa, demak, ular mojaro zonasiga joylaştirilmoqda, bu kontingentlarga mojaro taraflari sifatida oqibatlarni keltirib çiqaradi», — deb hisoblaydi rossiyalik diplomat.








