Bugungi kunda majburiy avtosuğurta polisi 40 mln sömgaça bölgan zararni qoplaydi. Biroq, hatto tajribali haydovçi ham YTH uçraşi xavfidan xoli emasligi hisobi bilan, suğurta tovoni esa jabrlanuvçining avtomobilini töliq ta’mirlaş yoki soğliğini tiklaş uçun yetarli bölmasligi mumkin. Bunday hollarda, YTH aybdori suğurta tovoni va haqiqiy zarar örtasidagi farqni öz çöntagidan tölaşiga töğri keladi, bu esa uning moliyaviy ahvoliga jiddiy zarar yetkazişi mumkin.
Ta’kidlaş lozimki, amaldagi majburiy avtosuğurta böyiça tovon puli 2019 yildan beri qayta körib çiqilmagan. Öşa davrda belgilangan 40 mln. söm miqdoridagi tovon puli, bugungi kunda YTHning moliyaviy oqibatlarini töliq qoplab bera olmayapti. Şu munosabat bilan, transport vositalariga yetkazilgan zarar uçun tovon puli 14 mln sömdan 28 mln sömgaça, hayot va soğliqqa yetkazilgan zarar uçun esa 26 mln sömdan 52 mln sömgaça oşiriş masalasi qizğin muhokama qilinmoqda. Köpçilik haydovçilar bu taklifni ijobiy qabul qilib, bunday özgarişlar YTH oqibatlarini yumşatişga yordam beradi deb hisoblaşmoqda.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligining statistik ma’lumotlari ham tariflarni qayta körib çiqiş zarurligini tasdiqlaydi. Xususan, faqatgina ötgan yilda majburiy avtosuğurta böyiça tölovlar 43 foizga oşgan, qariyb 5 mln miqdorida berilgan polislar böyiça majburiyatlarning umumiy summasi 206 trln sömga yetgan. Uşbu ma’lumotlar joriy tovon puli, transport egalarining hozirgi kundagi zararlarini qoplay olmayotganini yaqqol körsatmoqda.
Suğurta zararni töliq qoplab bermayotganligi tufayli jabrlangan haydovçilar köpinça qöşimça kompensatsiya oliş uçun sudlarga murojaat qilişga majbur bölmoqdalar, bu esa köplab noqulayliklarni keltirib çiqarib, köp vaqt va kuç talab qilmoqda. Vaholanki, tovon puli miqdorini qayta körib çiqiş sud jarayonlari sonini kamaytiriş, zararni qoplaş jarayonini soddalaştiriş va uni tezroq hamda tuşunarliroq qiliş imkonini beradi.
Majburiy avtosuğurta polisining mavjudligi - haydovçining jamiyatga va yöl harakatining boşqa iştirokçilariga mas’uliyatli munosabatini anglatadi. Şu sababli, suğurta tovoni miqdori bilan birga uning narxining oşirilişi nafaqat haydovçilarning xotirjamligini ta’minlaş, balki jabrlanuvçilarning ortiqça muammolarsiz va keçikişlarsiz kafolatlangan tovon pulini olişi yölida muhim qadam böladi.







