Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahri Yaşnobod tumani Döstobod mahallasida noma’lum şaxs maktab öquvçisining ortidan borib, uning qölidan uşlab, oğzini yopişga uringani aks etgan video tarqaldi. 

Toşkent şahar IIBB holat yuzasidan bergan izohida ma’lum qilinişiça, voqea 10 mart kuni taxminan soat 16:30 da sodir bölgan. Ma’lum qilinişiça, qizçaga II guruh nogironi, ruhiy-asab kasalliklari dispanserida röyxatda turuvçi 18 yoşli X.D. hujum qilgan.

U yonidan ötib ketayotgan 2013 yilda tuğilgan qizga nisbatan kuç işlatgan. Jabrlanuvçi qiçqirganidan söng X.D. uni qöyib yuborgan va qoçib ketgan.

Tekşiruv davomida maktab öquvçisiga tan jarohati yetmagani aniqlanib, psixolog iştirokida suhbat ötkazilgan. Yigit voqea sodir bölgan kuniyoq şahar ruhiy-asab kasalliklari şifoxonasiga yotqizilgan.

Yaşnobod tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davom ettirilmoqda.