Ijtimoiy tarmoqlarda «Toşşahartransxizmat» AJning «2-avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi Yutong rusumli 72-sonli yönalişda harakatlanuvçi avtobus haydovçisi hamda sohaga begona bölgan fuqaro tomonidan avtobus salonining çiroqlarini öçirgan holda yölovçilardan yöl haqi uçun naqd pul talab qilganligi holati haqida post joylaştirildi.

«Toşşahartransxizmat» xabariga köra, postda keltirilgan holat 2025 yilning 14 mart kuni «Toşşahartransxizmat» AJning  «2-avtobus saroyi» filiali mas’ul xodimlari tomonidan avtobus saloniga örnatilgan videokuzatuv moslamalari tekşirilganda yuqorida keltirilgan holat haqiqatda sodir bölganligi ma’lum böldi.

Şu kuni holat yuzasidan «2-avtobus saroyi» filiali direktori, filial mas’ul xodimlari, filial tasarrufidagi yönaliş haydovçilari hamda 72-sonli yönaliş haydovçisi bilan birgalikda tezkor tanqidiy yiğiliş ötkazildi. Yiğilişda haydovçining sodir etgan qoidabuzarligi muhokama qilinib, korxona içki tartib intizomini öta qöpol ravişda buzganligi uçun haydovçi bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilindi.

Şuningdek, mazkur holat böyiça haydovçi J.X.ning sodir etgan qoidabuzarligiga huquqiy baho oliş maqsadida, hujjatlar töplami huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.