Yevropa Ittifoqi va uning hamkorlari Suriyadagi fuqarolar uruşi oqibatlarini yumşatiş va qöşni davlatlarga yordam beriş uçun yana 5,8 milliard yevro ajratmoqda. Bu haqda 17 mart, duşanba kuni Bryusselda bölib ötgan donor mamlakatlar konferensiyasi yakunlari böyiça Yevropa komissari Dubravka Şuitsa ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, 5,8 milliard yevrodan 4,2 milliard yevro grant, 1,6 milliard yevro kredit körinişida ötkaziladi.
«Yevropa Ittifoqi va uning hamkorlari hozirgina Suriya va uning qöşnilari uçun 5,8 milliard yevro ajratişga va’da berişdi. Bu Suriyani muhim ötiş davrida qöllab-quvvatlaydi va jiddiy ehtiyojlarni joyida hal qiladi», deb yozdi Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas X ijtimoiy tarmoğida.
SOHR: Minglab alaviylar zöravonliklar tufayli Xmeymim bazasiga qoçib kirdi
Suriya ğarbidagi zöravonliklar tölqini fonida minglab tinç alaviylar Rossiyaning Xmeymimdagi aviabazasidan boşpana topdi. Bu haqda 12 mart kuni qarorgohi Buyuk Britaniyada joylaşgan Suriya inson huquqlari kengaşi (SOHR)ga tayanib, AFP agentligi xabar berdi.
«Minglab alaviylar Jable şahri va uning atrofidagi qişloqlardagi qirğindan qoçib, Xmeymim harbiy bazasi va uning atrofidan boşpana topdi», — deya kuzatuvçilar sözlaridan iqtibos keltiradi agentlik. SOHR ma’lumotlariga köra, 6 martdan beri Suriyaning yangi hukumati Latakiya, Tartus, Xama va Homs viloyatlarida Suriyaning hokimiyatdan ağdarilgan prezidenti Başar Asad tarafdorlari deb hisoblaganlarga qarşi yirik qarşi operatsiya boşlaganidan to 12 martga qadar 1383 nafar tinç aholi, asosan alaviylar halok bölgan.
AFP agentligining SOHR'ga tayanib xabar berişiça, 7 martdan boşlab zöravonliklardan qoçgan odamlar Rossiyaning Xmeymimdagi aviabazasidan boşpana izlay boşlagan. Ba’zi qoçqinlar toğlarda panoh topişga harakat qilişgan.
11 mart kuni The New York Times sun’iy yöldoşdan olingan suratlarni örganib çiqib, tinç aholi Rossiyaning Xmeymimdagi aviabazasi va Latakiya xalqaro aeroporti hududida qolayotganini tasdiqladi.
12 mart kuni AFP agentligining xabar berişiça, Jable şahri meri Amjad Sulton Rossiya harbiy bazasiga taşrif buyurib, u yerda qolayotgan odamlarni öz uylariga qaytişga köndirgan. Sultonning sözlariga köra, Suriya xavfsizlik kuçlari şahar ustidan nazorat örnatişga kirişgan.








