Yerdagi haroratning kötarilişi bir qator hududlarda namlikning pasayişiga olib kelmoqda, bu esa nafas yöllariga salbiy ta’sir körsatadi. Olimlarning aniqlaşiça, quruq havodan uzoq vaqt nafas oliş yalliğlaniş jarayonlarini keltirib çiqarib, astma, surunkali yötal va allergik rinit xavfini oşiradi.
Laboratoriya sinovlarida tadqiqotçilar nafas yöllarini qoplab turadigan töqima — bronxial epiteliy hujayralariga quruq havo qanday ta’sir qilişini örgandi. Tahlil natijalariga köra, bunday şaroitda hujayralar yopişqoq şilliq moddani kam ajratadi va yalliğlaniş haqida xabar beruvçi oqsillar — sitokinlarni yanada faolroq işlab çiqaradi.
Yana bir tajriba siçqonlarda ötkazildi: soğlom va nafas oliş tizimi kasalliklariga çalingan siçqonlar bir hafta davomida quruq havo ta’sirida qoldirildi. Natijada ularning öpkasida immun hujayralari töplanib qoldi — bu ham yalliğlaniş jarayoni yuzaga kelganidan dalolat beradi.
Yana nimalar ma’lum?
Iqlimga oid prognozlar Yer yuzida havo namligi yanada pasayişini körsatmoqda. Olimlarning ta’kidlaşiça, 2030 yilga kelib nafas yöllari qurişi bilan boğliq kasalliklar çastotasi ortadi. Bu ayniqsa, köp vaqtini konditsionerli xonalarda ötkazadigan odamlar orasida kuzatilişi mumkin.
Tadqiqot mualliflari nafaqat havoning tozaligiga, balki uning namligiga ham e’tibor berişga çaqirmoqda. Ularning fikriça, bu iqlim özgarişi fonida nafas oliş muammolarining oldini olişda muhim rol öynaşi mumkin.







