Videoselektor tarzida ötkazilgan mazkur yiğilişda Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi, sohaga mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari va mas’ul xodimlari, viloyat, tuman (şahar) hokimlari, prokurorlari va içki işlar bölinmalari boşliqlari va boşqa mutasaddi idoralar vakillari iştirok etişdi.
Yiğilişda qarorlar mazmun va mohiyati töliq yoritilib, kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qiliş va manzilli nazorat tadbirlarini amalga oşiriş orqali mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişni ta’minlaş, bu borada "mahallabay" manzilli çoralar natijadorligini oşirişning yangiça mexanizmlari körsatib ötildi.
Tanqidiy ruhda ötkazilgan yiğilişda jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini olişda yöl qöyilgan xato va kamçiliklar aniq raqamlar hamda misollarda körsatib ötilib, galdagi vazifalar belgilab olindi.

Jumladan, jinoyatlar oğirlik darajasi va toifasiga asosan “respublika–viloyat–tuman” darajasi tamoyili asosida sörov, muvofiqlaştiriş va qat’iy nazorat tizimi yölga qöyilişi ta’kidlanib, mas’ullarga bu borada aniq topşiriqlar berildi.
Bundan taşqari, Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari böyiça inspektor-psixologlar lavozimlari va 2 000 ta ştat birligini Içki işlar vazirligi tuzilmasiga ötkazilganligi ma’lum qilinib, içki işlar organlari tomonidan voyaga yetmaganlar bilan “Oila – mahalla – maktab” tamoyili asosida manzilli işlaş yönalişida aniq vazifalar belgilab berildi.
Tadbir davomida hududlar hamda respublika idora va vazirliklarning rahbarlari, mas’ul xodimlari tuşuntiriş va axborotlari eşitildi.








