Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati böyiça boşqarmasi tomonidan prokuratura va içki işlar organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Böston tumanida faoliyat yurituvçi advokatlik byurosining advokat stajyori hamda boşqa şaxs özaro kelişgan holda, özganing nomida bölgan 34 sotix noturar yer maydonini kadastr tizimidagi tanişlari orqali xaridor nomiga turar joy sifatida rasmiylaştirib beriş evaziga 34 ming AQŞ dollari olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Boşqa holatda esa Toşkent şahridagi advokatlik firmasi advokati quriliş mahsulotlari işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi xöjalik yurituvçi sub’yektlarning mansabdor şaxslariga nisbatan Bektemir tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 184- va 189-moddalari bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça 4 nafar fuqaroni javobgarlikka tortmaslik va qamoq ehtiyot çorasi qöllamaslik evaziga 25 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida Olmazor tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda, uşbu pul mablağini advokatning körsatmasiga asosan, uning muqaddam sudlangan tanişi olgan vaqtida uşlandi.

Buxoro viloyatida kuzatilgan holatda esa Peşku tumanida faoliyat yurituvçi advokatlik byurosi advokati 2024 yilda jinoyat işlari böyiça mazkur tuman sudi tomonidan sudlangan fuqaroga oid işni kassatsiya instansiyasida körilişi jarayonida unga nisbatan oqlov hukmi çiqariş masalasini sud tizimidagi tanişlari orqali hal qilib beriş evaziga 12 ming AQŞ dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

DXX Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda, Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi advokatlik byurosining muqaddam sudlangan işçisi Şayxontohur tuman Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasining Tergov bölimi iş yurituvida bölgan, Jinoyat Kodeksining 131-moddasi bilan poytaxtdagi SPA-salonlardan birining boşqaruvçisiga nisbatan qözğatilgan jinoyat işini tanişlari orqali tergov jarayonida tugatişga kömaklaşiş evaziga özining tanişi orqali 10 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

Tergovga qadar tekşiruv davomida, advokatlik byurosi işçisi uşbu masalani özi işlayotgan advokatlik byurosi advokati orqali hal qilib berişni rejalaştirganligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va byuro advokati ham mazkur pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi. Şuningdek, advokatlik byurosi işçisi SPA-salon boşqaruvçisidan muqaddam 4500 AQŞ dollari olganligi ham ma’lum böldi.