Çeçeniston yetakçisining qizi Ayşat Qodirova turli içimliklar işlab çiqaruvçi «Çeçen mineral suvlari» kompaniyasining yagona egasiga aylandi. Bu haqda «Kontur.Fokus» ma’lumotlariga tayanib «Verstka» naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, 26 yoşli Qodirova kompaniya egaligini 11 mart kuni — Çeçeniston hukumati raisi örinbosarligi lavozimidan ketganidan salkam ikki hafta ötib qölga kiritgan.

Ayşat iste’foga çiqişini e’lon qilganida, «bu iş kuçli erkakka köproq mos kelişi»ni aytgandi. «Men biznesdagi loyihalar bilan şuğullanib respublikamiz farovonligi uçun mehnat qilaman va işonçim komilki, uşbu faoliyat orqali siyosatdan köra köproq foyda keltira olaman», — degandi Qodirova. U 2018 yildan beri özi egalik qilib kelayotgan «Firdavs» modalar uyiga qaytişini bildirgan edi.

«Çeçen mineral suvlari», jumladan, STOM markasi ostida limonadlar, şarbatlar va sovuq çoylar işlab çiqaradi. 2023 yilda kompaniya balansidagi aktivlar 3 milliard 143 million rublga, daromadi esa 1,4 milliard rublga yetgan (oxirgi beş yilda ikki barobardan ortiqqa oşgan). Öşanda korxona Çeçenistondagi eng yirik eksportçiga aylangan edi. «Çeçeniston Respublikasi suvlarini «Lenta», «Perekrestok», «Pyateroçka», «Verniy» kabi yirik federal savdo markazlarining deyarli barçasidan topiş mumkin», — deb yozgandi Qodirov.

«Çeçen mineral suvlari» 2007 yilda taşkil etilgan bölib, şundan buyon u Ahmat Qodirov nomidagi jamoatçilik fondiga tegişli edi. 2022 yil fevralda — Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanişidan 10 kun oldin kompaniya Ruslan Degiyev va Beksolt Sadulayev nomiga ötkazilgan. Ularning heç biri biznes bilan şuğullanmagan. Degiyevning yaşaş manzili sifatida Ahmat-Yurta — Ramzan Qodirovning ota qişloği körsatilgan.

Ayşat — Qodirovlarning tönğiç farzandi. U respublika va federal darajadagi, şuningdek, boşqa hududlarning köplab mukofotlarini qölga kiritgan. Xususan, 2023 yilda u II darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uçun» ordeni bilan mukofotlangan.