Özbekistonda sotuvlar 2025 yil 19 martdan boşlanişi rejalaştirilgan.
Yangi modellar Leica Summilux optikasi va eng sönggi Xiaomi HyperOS 2 operatsion tizimi tufayli foydalanuvçilarga noyob imkoniyatlar taqdim etib, professional mobil suratga oliş uçun mukammal yeçimlar sifatida taqdim etilmoqda.

Xiaomi 15 Ultra: Suratning yuqori çöqqisi
Xiaomi 15 Ultra dizayni klassik fotokameradan ilhom olingan bölib, qora, oq va kumuş xrom ranglarida mavjud. Kumuş xrom modeli ayerokosmik sinfidagi şişa toladan va qurilmaning retro uslubini ta’kidlovçi eko-çarmdan tayyorlangan.

Smartfon 6,73 dyuymli WQHD+ (3200x1440 piksel, 522 ppi) ajoyib AMOLED-displey bilan jihozlangan bölib, uning eng yuqori yorqinligi 3200 nitgaça yetadi. Bu esa töğridan-töğri quyoş nurida ham mukammal körinişni ta’minlaydi. Ekran ravon işlaş va quvvatni tejaş uçun 1-120 Gs oraliğida dinamik yangilaniş çastotasiga ega. 68 milliard rangni aks ettiriş, DCI-P3 rang maydoni qamrovi, HDR10+ va Dolby Vision® texnologiyalari qöllab-quvvatlanadi. Displey Xiaomi Shield Glass 2.0 va Gorilla Glass 7i mustahkam şişalari bilan himoyalangan.
Leica kameralar tizimi 50 MP asosiy Sony LYT-900 (1 dyuym, ƒ/1.63) sensorini, 10 sm masofadan makrosurat oliş funksiyasiga ega 70 mm Leica telefoto va 200 MP (100-200 mm) ultratelefoto kameralarini öz içiga oladi. Manzaralar uçun 14 mm ölçamli ultra keng burçakli kamera mavjud. 120 kadr/soniyagaça 4K video suratga oliş, OIS va EIS barqarorlaştiriş tizimlari, şuningdek Dolby Vision® texnologiyasi va 10 bitli Log yozuvi qöllab-quvvatlanadi. Törtta mikrofon yuqori sifatli ovoz yozişni ta’minlaydi.
Xiaomi 15: ixçam körinişda flagman mukammalligi

Xiaomi 15 tört xil rangda taqdim etiladi: qora, oq, yaşil va suyuq kumuş. U zamonaviy dizayni va 1,38 mm qalinlikdagi öta yupqa hoşiyalari bilan ajralib turadi. Smartfon 6,36 dyuymli AMOLED CrystalRes (2670 x 1200, 460 ppi) ekrani bilan jihozlangan bölib, 3200 nitgaça yorqinlikka ega va 68 milliardgaça rangni aks ettira oladi. DC dimming qoraytiriş texnologiyasi hamda TÜV Rheinland Low Blue Light va Flicker-Free sertifikatlari tufayli kontent köriş paytida yuqori darajadagi qulaylik ta’minlanadi va uzoq muddat foydalanişda ham foydalanuvçilarning közlariga tuşadigan zöriqiş minimallaştiriladi.


















